Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, qochishga urinishdan bir kun avval, 4 fevral kuni Moskva shimolidagi uylardan birining kirish qismida ushbu yigit 29 yoshli erkakni pichoqlab o‘ldirgan. Erkak olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. Jinoyatchi jinoyat sodir etganidan keyin qochib ketgan.

Biroq erkakning jasadi yonidan qotilning shaxsiga ishora qiluvchi bir qancha izlar topilgan. Ular orasida barmoq izlari bo‘lgan pichoq, shprits va yozuv bor. Bundan tashqari, qotillik sodir bo‘lgan lahza kuzatuv kameralariga ham muhrlangan bo‘lishi mumkin.

Qotillikda gumonlanuvchi shaxs qo‘lga olindi. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.