7 fevral kuni Toşkentdagi Milliy matbuot markazida Suv xöjaligi vazirining davlat-xususiy şeriklik va raqamli texnologiyalarni rivojlantiriş böyiça maslahatçisi Jon Aleksandr Rayt iştirokida matbuot anjumani taşkil qilindi.
Kun.uz muxbiri xabariga köra, Jon Rayt tadbir davomida jurnalistlar tomonidan berilgan qator savollarga ham javob qaytargan.
Maslahatçi – suv xöjaligi sohasida ilmiy başoratlaşning yetarli emasligi haqida
— Kuzatişlarimga köra, Özbekistonda nafaqat davlat taşkilotlari, balki xalqaro moliyaviy taşkilotlar bilan ham bu kabi masalalar ustida işlanmoqda. Bunda eng muhimi, qilinayotgan işlarni özaro muvofiqlaştiriş. Masalan, Qişloq xöjaligi vazirligi bu borada yaxşi loyihalar boşladi va Suv xöjaligi vazirligi ham bu loyihalarni qöllab-quvvatlaydi.
Özbekistonda ekin maydonlarining 60-70 foizi kuçli va örta darajada şörlangan. Unga qarşi kuraşda qanday usullar samarali?
— Yerlarning şörlanişini faqat tomçilatib suğoriş orqali bartaraf etiş mumkin. Bu eng ommabop va samarali uslubdir. Tomçilatib suğorişning keng joriy qilinişi natijasida ortiqça suv tuproqqa singmaydi va yer osti grunt suvlari sathini yuzaga kötarmaydi. Tabiiyki, tuz ham tuproq yuzasiga kötarilmaydi.
Tomçilatib suğoriş texnologiyalarini joriy qiliş sohasida nega körinarli özgarişlar sezilmayapti?
— Men özim ham ötmişda fermer bölganman va bilamanki, ularni rağbatlantiriş orqali bunga erişiş mumkin. Fermerda buning uçun öz yeridan kelajakda ham foydalana olişiga işonç bölişi kerak. Şuningdek, u suv ta’minoti böyiça ham işonçga ega bölişi kerak.
Ma’lumot uçun, Jon Rayt 2021 yil aprel oyidan buyon Suv xöjaligi vaziriga maslahatçilik qilib kelmoqda.

















