Rossiya Ukraina atrofida quruqlik va suvda yirik manyovrlar boşlamoqda
|03:18 / 10.02.202250 30510 min
Rossiya armiyasi Janubiy harbiy okrug va Belarusda yirik harbiy maşğulotlar ötkazmoqda, Örta Yer dengizi va Qora dengizda ham manyovrlar boşlanişi kutilmoqda. Bularning bari qöşni Ukraina va Moskvani uruşga tayyorlanişda gumon qilayotgan Ğarb mamlakatlari bilan munosabatlardagi inqiroz fonida röy bermoqda.
GAVRIIL GRIGOROV/TASSGAVRIIL GRIGOROV/TASS
Rossiya janubidagi öquv maşğulotlari sakkiz regiondagi 15 harbiy poligonlarda, şuningdek tan olinmagan Abxaziya va Janubiy Osetiya respublikalarida olib borilmoqda.
Rossiya qöşinlari Volgograd oblasti, Stavropol ölkasi, Adigey, Çeçeniston, Doğiston, Karaçayevo-Çerkessiya, Şimoliy Osetiya, Inguşetiyada harakatlanmoqda.
Bundan taşqari, 2014 yilda Rossiya tomonidan bosib olingan Qrimda dengiz piyodalari öquv maşğulotlari boşlangan. RIA Novosti Qora dengiz floti matbuot xizmatiga asoslanib xabar berişiça, Qrimda sohilni desançilardan himoyalaş böyiça maşğulotlar ötkazilmoqda.
Qora dengizdagi maşğulotlarga Kaspiy va Boltiq flotidan kemalar jalb etilgan. Foto: VITALY NEVAR/TASS
Bu sönggi vaqtlarda Janubiy harbiy okrugdagi ilk maşğulotlar emas. Bu yerda bir neça hafta oldin ham maşğulotlar ötkazilib, olti mingga yaqin harbiy xizmatçilar va harbiy aviatsiya harakatga keltirilgandi.
Belarusda keng kölamli «Ittifoqçilik qat’iyati — 2022» qöşma maşğulotlariga tayyorgarlik körilmoqda. Hozirda harbiylarni joylaştiriş işlari ketmoqda, 10 fevraldan faol faza boşlanadi.
Bundan taşqari, 20 yanvardan buyon Rossiya harbiy-dengiz flotining tört floti va Kaspiy flotiliyasida seriyali yirik maşğulotlar ötkazilmoqda. Rossiya mudofaa vazirligi bu maşğulotlarda 140 korabl va kemalar, şuningdek 10 mingdan ortiq harbiy xizmatçilar qatnaşayotganini ma’lum qilgan.
Ayrim manyovrlar yakunlangan. Yanvar oyi oxirida Qora dengizda 20ga yaqin harbiy kemalar, jumladan Şimoliy va Boltiq flotlari jangovar otişmalar bilan maşğulotlar ötkazgan.
Yaqin kunlarda yangi, sönggi vaqtlarda Örta Yer dengizi va Qora dengizdagi eng yirik maşğulotlar boşlanadi. Hozirgaça şunisi aniqki, Qora dengizga Şimoliy va Boltiq flotidan oltita katta desant kemalari taşlangan. «Varyag» va «Marşal Ustinov» rusumidagi ikkita raketali kreyserlar Örta Yer dengizida bölib turibdi, ularga uçinçi kreyser - «Moskva» qöşilişi mumkin. Ularning har biri «Vulkan» rusumli kemalarga qarşi raketalar bilan jihozlangan.
9 fevral holatiga köra Qora dengiz va Örta Yer dengiziga joylaştirilgan rus kemalari guruhlari
Yirik kuçlar
Mavzuga oid
Örta Yer dengizidagi maşğulotlarda qatnaşuvçi kemalar soni rasman ma’lum qilinmagan. Lekin rasmiy ma’lumotlarga köra, sönggi kunlarda bu yerga jangovar kemalarning ikkita otryadi keltirilgan.
Tinç okeani flotidan «Varyag» raketali kreyseri, suv osti kemalariga qarşi «Admiral Tributs» kemasi va yirik dengiz tankeri «Boris Butoma» yetib kelgan. Bundan taşqari, şu kunlarda dengizga Şimoliy flot kemalari otryadi kirgan, flot tarkibida «Marşal Ustinov» raketali kreyseri, «Admiral Kasatonov» fregati va suv osti kemalariga qarşi yirik «Vitse-admiral Kulakov» korabli örin olgan.
Rossiya qurolli kuçlari faolligini kuzatib boruvçi ayrim telegram-kanallar xabar berişiça, Sevastopoldagi harbiy-dengiz bazasidan oçiq dengizga «Moskva» raketa kreyseri çiqarilgan. Taxminlarga köra, bu kema ham maşğulotlarga qöşiladi.
Avvalroq Örta Yer dengizida oltita yirik desant korabllaridan iborat guruh şakllantirilgandi. Guruh tarkibidagi «Olenegorskiy gornyak», «Georgiy Pobedonosets» va «Pyotr Morgunov» bu yerga Şimoliy flotdan kelgan, «Korolyov», «Minsk» va «Kaliningrad» - Boltiq dengizidan. 8 fevral kuni guruh Qora dengizga yöl oldi, u yerda ham yirik öquv maşğulotlari ötmoqda. Rossiya Qora dengiz floti tarkibida - yettita yirik desantçi korabllari mavjud.
Yanvar oyi oxirida «Izvestiya» gazetasi mudofaa vazirligidagi manbasiga asoslangan holda Örta Yer dengizidagi maşğulotlarda 20 kema iştirok etişi haqida yozgandi. Yana şunça kema Qora dengizdagi manyovrlarda qatnaşişi közda tutilgan.
Belarusdagi maşğulotlar
«Ittifoqçilar jasorati-2022» manyovrlarida iştirok etayotgan rossiyalik va belarus harbiylarining aniq soni e’lon qilinmagan, ammo yanvar oyi oxirida Belarus Qurolli kuçlari Boş ştabi boşliği, general-mayor Viktor Guleviç rasman maşğulotlardagi harbiylar soni «xabar qiliş çegarasi»dan oşirilmasligini ma’lum qilgandi.
2011 yilgi Işonç va xavfsizlikni mustahkamlaş çora-tadbirlari haqidagi Vena hujjatiga köra, maşğulotlardagi harbiylar soni 9 ming kişidan ortadigan bölsa, uning qolgan iştirokçilarini xabardor qiliş talab etiladi. Agar harbiylar soni 13 mingdan ortadigan bölsa, maşğulotlarga xorijlik kuzatuvçilarni taklif etiş kerak böladi.
Maşğulotlar Belarusning beşta poligonida - «Bresskiy», «Domanovskiy», «Gojskiy», «Obuz-Lesnovskiy» va «Osipoviçkiy»da ötkazilmoqda. Törtda aerodrom - «Baranoviçi», «Luninets», «Lida» va «Maçulişçi»dan foydalanilmoqda.
Rossiyadan maşğulotlarga Şarqiy harbiy okrug qöşinlari taşlangan. Belarusga olib boruvçi yölda joylaşgan köplab temir yöl stansiyalarida harbiy texnikalar ortilgan eşelonlar qayd etilgan.
Maşğulotlarga jönatilgan harbiy texnikalar orasida Su-35 qiruvçilari, Su-25SM şturmoviklari, uzoq va örta masofalarga möljallangan S-400 zenit-raketa majmualari hamda yaqin radiusdagi nişonlarga qaratiladigan «Pansir» majmualarini sanaş mumkin. Belarusga motoöqçi brigadalar ham yöl olgani haqida xabarlar bor. Maşğulotlar çoğida navbatçilik uçun uzoq masofaga uçuvçi aviatsiya samolyotlari - ruslarning Tu-22M3 bombardimonçilari harakatga keltirilgan.
Rossiya va Belarus qöşma maşğulotlari ötkaziladigan hududlar
Rossiya va Belarus özaro maşğulotlar mudofaa xarakterida ekanini ta’kidlamoqda. Ammo Ğarbdagilar bu maşğulotlar Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişga tayyorgarligining bir qismi ekanini gumon qilmoqda.
«Bosqin kuçlari»
2021 yil noyabrida Amerikaning Politico va Bloomberg naşrlari Ukraina çegarasida rus qöşinlari töplanayotgani töğrisida xabar tarqatdi. Şundan keyin Ğarbdagilar Rossiya uruşga tayyorlanayotgani haqida tinimsiz bong ura boşladi.
Kuçlar nisbati
Sun’iy yöldoş orqali olingan tasvirlarda Rossiyaning Bryansk oblasti Klimovo qişloği hududida (Belarus va Ukraina çegaralari yaqinida), Voronej oblastining bir neça nuqtalarida, anneksiya qilingan Qrimda harbiy texnikalar töplanganini köriş mumkin.
Matbuot qöşinlar çegaraga surilişini kuzatişda davom etdi, sönggi haftalarda bir neça yirik naşrlar Rossiya Ukrainaga bostirib kiriş uçun çegaradagi qöşinlarini köpaytirişda davom etayotgani haqida yozdi.
Associated Press agentligi amerikalik anonim amaldorga asoslangan holda ruslar fevral oyi oxirida bostirib kirişi mumkinligi haqida xabar berdi, Reuters manbasi Rossiya Ukrainaga bostirib kiriş uçun kerak bölgan qöşinlarining 70 foizini çegaraga olib kelgani haqida yozdi.
Agentlik ma’lumotiga köra, sönggi ikki hafta içida çegara hududlarda batalon-taktik guruhlari soni 60 dan 83 taga yetgan. Associated Press agentligi suhbatdoşining aniqlik kiritişiça, har bir guruhdagi askarlar soni 750 nafardan 1 ming nafargaça yetadi. Yana 14 guruh yölda ekani aytilgan.
Reuters va Associated Press bu ma’lumotlarini tasdiqlovçi rasmiy asoslar keltirmagan.
Boşqa naşrlar esa hatto qurolli mojaro röy bergan taqdirda, ehtimoliy qurbonlar sonini ham hisoblaşdi (ukrain harbiylaridan 25 ming, rossiyalik harbiylardan 10 ming, tinç aholi vakillaridan 50 minggaça ), şuningdek ruslar hujum qilsa, Kiyev tez vaqt içida qulaşi ssenariysi haqiqatga yaqin ekani aytildi.
Turli baholarga köra, Ukrainaga bostirib kiriş uçun tayyorlangan qöşinlar soni 100 ming bilan 130 ming orasida.
Bu birinçi martasi emas
Hozirgi inqiroz - Rossiyaning yirik maşğulotlari vaziyatni keskinlaştirib yuborişi bilan boğliq ilk holat emas.
2021 yil aprel oyi boşida LXR va DXRdagi vaziyat keskinlaşuvi ortidan Conflict Intelligence Team suriştiruv guruhi sun’iy yöldoş tasvirlari orqali avvaliga Voronej yaqinida, keyin Qrimda ham Rossiya qöşinlari töplanganini aniqladi. Bu ma’lumotlar tasdiğini topgan, internetda qöşinlar çegaraga ketayotgani aks etgan videolavhalar tarqalgandi.
Öşanda ham Rossiya ğarbiy çegaralar yaqinida quruqlik qöşinlari maşğulotlarini ötkazgan, Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu esa mamlakat qurolli kuçlari uç hafta içida ğarbiy çegaraga ikki armiya va uçta havo-desant bölinmasini joylaştirganini ma’lum qilgandi.
Xuddi şu vaqtda Rossiya Qora dengizga ham kattagina guruhda kemalar jönatadi - Kaspiy flotiliyasidan sakkizta desantçi katerlar, Boltiq dengizidan ikkita katta desantçi korabli va Şimoliy dengizdan ikkita şunday kema.
Bundan taşqari, dengizdagi maşğulotlarda boşqa köplab kemalar va aviatsiya kuçlari qatnaşgan - 50 ta jangovar samolyotlar raketalar uçirişgan va dengizdagi nişonlarni bombalaşgan, murakkab ob-havo şaroitlarida hamda suv sathiga juda yaqin masofada turib parvozlar amalga oşiriş maşqlarini ötkazişgan.
Ğarb bilan munosabatlardagi yana bir jiddiy keskinlaşuv 2017 yilda bölib ötgan va bu ham hozirgidagi kabi Belarusdagi maşğulotlar bilan boğliq edi. Öşanda «Ğarb-2017» maşğulotlarida, rasmiy ma’lumotlarga köra 12,7 ming harbiy qatnaşgan (ammo xorijlik kuzatuvçilar çaqirilgan), 70 vertolyot va samolyotlar hamda 250 taga yaqin tanklar harakatga keltirilgan.
Ğarbda bu manyovrlar uruşga tayyorgarlik vazifasini ötab berişi mumkinligi, Belarusga maşğulotlarga tayyorgarlik niqobi ostida maxfiy tarzda katta kuçlar taşlanganini taxmin qilişgan.
Bir yil oldin bölgani kabi Qora dengizda yirik desant kemalari töplanganini (endi bunday kemalar törtta emas, oltita) köpçilik Ukrainaning Qora dengiz böyidagi sohillariga desant tuşirişga tayyorgarlik sifatida qabul qilmoqda.