«Toshkentga tramvayni qaytarmoqchimiz» - prezident
Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahriga tramvay qaytarilishi rejasi haqida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu borada fuqarolardan ko‘plab maktublar va murojaatlar kelib tushgan.

Foto: Kun.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev 10 fevral kuni Samarqand viloyatiga tashrifi vaqtida hududda amalga oshirilishi rejalashtirilgan yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.
Davlat rahbari Samarqandda tirbandliklarni kamaytirish va bartaraf etish uchun ilmiy-amaliy markaz qurish kerakligini ta’kidlagan.
«Shaharda tezlikni kamaytirib, tirbandliklarni bartaraf etish kerak. Avariyalar oqibatida ko‘pgina insonlar halok bo‘lmoqda», — degan prezident.
Samarqand shahrida tramvay borligi alohida qayd etilgan.
«Tramvayni Toshkentga ham qaytarmoqchimiz. Fuqarolardan bu borada ko‘plab xatlar va murojaatlar kelyapti», — deya uning so‘zlarini keltiradi «Daryo».
Shuningdek, Samarqandda yangi qurilgan yerosti tunneli, yo‘llarni ko‘zdan kechirish chog‘ida xavfsiz yo‘l, xavfsiz piyoda konsepsiyasini yaratish haqida gapirgan prezident Toshkentda avtomobil harakati tezligi 60 km.gacha pasaytirilishini aytgan.
«Yaqinda Toshkentda tezlik ko‘pi bilan 60 km/soatgacha belgilangani haqida qaror chiqadi», — deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda bloger Aziza Qurbonova.
- Eslatib o‘tamiz, 2016 yilning 2 mayida Toshkentda so‘nggi, 17-tramvay yo‘nalishida harakat to‘xtagan, «Beshqayrag‘och» dahasi va Ippodrom o‘rtasida qatnovchi bu yo‘nalish yopilishi orqali Toshkent tramvayining 115 yillik tarixiga nuqta qo‘yilgandi.
- 2016 yil kuzida O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi bo‘lgan Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahriga tashrifi vaqtida ushbu shaharda tramvaylar qatnovi yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qilgandi.
- 2022 yil 23 yanvar kuni «O’zbekiston 24» telekanalida efirga uzatilgan «Menimcha» teleloyihasida Toshkent jamoat transportidagi muammolarni hal qilish uchun tramvaylar faoliyatini tiklash taklif qilingandi.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. "Arsenal" javob o‘yinida ham "Real"ni yengdi, "Inter" "Bavariya" bilan durang qayd etib, yarimfinalga chiqdi
Sport | 02:04
-
London va Parij migrantlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilmoqda
Jahon | 01:01
-
Rossiyada davlatga xiyonat uchun sudlanganlar soni SSSR davridan beri rekord ko‘rsatkichga chiqdi
Jahon | 00:29
-
Xorazmda fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs ushlandi
Jamiyat | 23:57 / 16.04.2025
Mavzuga oid

16:03 / 12.07.2024
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining yarmini tuman budjetida qoldirish masalasi ko‘rib chiqiladi

14:15 / 12.07.2024
Quvasoydagi 12 ming gektar yeri bo‘lgan 616 ta fermerning yer solig‘i yarmiga kamaytiriladi

14:08 / 12.07.2024
“Kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoya Ijtimoiy himoya agentligi tizimida bo‘ladi” – prezident

08:25 / 12.07.2024