2 may kuni Toşkentda sönggi, 17-tramvay yönalişida harakat töxtadi. «Beşqayrağoç» dahasi va Ippodrom örtasida qatnovçi bu yönaliş yopilişi orqali Toşkent tramvayi butunlay tarixga aylandi.

«Gazeta.uz» naşrining «Toşkent tramvayi» kompaniyasi tasdiğiga asoslanib xabar berişiça Özbekiston poytaxtida tramvay harakati butunlay töxtatildi.

2 may kuni ertalab tramvaylar qatnovga çiqqan, ammo vagonlardan biri relsdan çiqib ketgaç, barça haydovçilar depoga qaytiş haqida körsatma olgan. Vagonlardan birining qaysi hududda relsdan çiqib ketganiga aniqlik kiritilmagan.

Xabarda keltirilişiça, soat 9:10da depoga sönggi vagon kirgan va Toşkent tramvayining 115 yillik tarixiga nuqta qöyilgan.

Eslatib ötamiz, Toşkent şahri hokimiyati Toşkent şahridagi 6ta tramvay yönalişlari faoliyati töxtatilişi haqida mart oyi oxirida ma'lum qilgandi.

12 aprel kuni Toşkent şahrida №12 yönalişi («Beşqayroğoç» dahasidan «Beruniy» metrosigaça) va №26 yönalişi («Qöyliq-6» dan «Toşkent» vokzaligaça) böyiça harakatlanadigan tramvaylar harakati töxtatildi.

22 apreldan esa Toşkent şahridagi 9- va 13-tramvay yönalişlarining işi butunlay töxtatildi.

24 aprel, yakşanba kunidan e'tiboran Toşkentda 8-raqamli travmay yönalişida («Beşqayrağoç» dahasi — Oqtepa maydoni) qatnov töxtadi.

Şu oydan boşlab tramvaylar harakatlangan yönalişlarda mos ravişda T8, T9, T13 kabi avtobuslar harakati yölga qöyildi. Bu yönalişlarda Isuzu avtobuslaridan foydalanilmoqda. Sentyabr oyi oxirigaça şahar hokimiyati 80ta şunday avtobuslar sotib olib, har bir yönalişga 10tadan 18tagaça avtoulov qöyişni rejalaştirgan.

«Xayr, tramvay. Balki vaqti kelib qaytarsan, lekin baribir - xayr»