Qayd etilishicha, voqea 10 fevral kuni 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida yuz bergan. Maktabning 9-D sinf o‘quvchilari N.A, M.B, I.N, O.M hamda 9-B sinf o‘quvchisi X.B. o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik ortidan janjal yuzaga keladi.

Natijada X.B.ning bir nechta joyiga kichik jarohatlar yetkazilgan. Hozirda Asaka tumani IIB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.