Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi axborot xizmatidan Kun.uz’ga ma’lum qilinişiça, firibgarlikning turli usullari köpayib bormoqda. Öziga xos holat böyiça tört kişiga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan.
Firibgarlik usuli quyidagiça – hozirgi kunda köp banklar mikroqarzlar beryapti. Toşkent şahrida yaşovçi fuqaro turli yöllar bilan 54 kişining şaxsga oid ma’lumotlarini qölga kiritgan. Keyin MÇJ oçib, iş haqlari böyiça soxta hujjatlar tayyorlagan va bankka kredit oliş uçun taqdim qilgan. Bank xodimlari ham bu vaziyatda şunday jinoyat amalga oşirilişiga şaroit yaratib bergan. Jinoyat işi doirasida bunga yöl qöygan 3 nafar mansabdor şaxs ham qölga olindi.
Jabrlanuvçilar turli hududlardan bölgan va ular vaziyatdan mutlaqo bexabar qolgan. Masalan, Surxondaryo viloyatida yaşovçi 26 yoşli fuqaro “Yoş tadbirkor” böliş istagida parrandaçilikni yölga qöymoqçi böladi va bankka murojaat qiladi. Şu paytda uning nomiga poytaxtda kredit rasmiylaştirilgan va bu qarz söndirilmayotgani ma’lum böladi. Holbuki u fuqaro Toşkentga umuman kelmagan.
Bundan oldin, IIBB Toşkentda taksiçilarni çuv tuşiriş bilan boğliq firibgarliklar köpaygani haqida ogohlantirgandi.

















