Şavkat Mirziyoyev 11 fevral kuni ötkazilgan videoselektor yiğilişida yöl harakati xavfsizligi inspektorlari faoliyatiga qarşilik körsatiş muammosiga alohida e’tibor qaratdi.

«Sönggi paytlarda yöl harakati xavfsizligi inspektori faoliyatiga qarşilik körsatiş masalasi... Mana köp joylarda, internetda ham çiqib ketyapti, uryapti, sökyapti, haqorat qilyapti. Qonun yöq. U qanday, beçora inspektor nima qilişi kerak? 

Maşinani ustiga haydayapti... Bungayam misollar bölgan Özbekiston şaroitida. Yöq, birorta odam, birorta deputat menga «janob prezident, buni özgartiraylik, bu adolatsizlik bölyapti», degani yöq.

Erkinlikning ham me’yori böladi. Erkinlik degani qonunni hurmat qiliş degani. Şuning uçun inspektor faoliyatiga qarşilik körsatiş, ularni obrösizlantiriş holatlari köpaymoqda. Qonunlarni körib çiqişda bu masalaga ham alohida e’tibor qaratiş zarur», — degan davlat rahbari.

Bundan avvalroq Şavkat Mirziyoyev Özbekistonda yöl harakati xavfsizligi masalasi izdan çiqib ketganini ta’kidlagandi. Davlat rahbari ma’lumot berişiça, mamlakatda 2021 yilda 10 mingdan ziyod avariyalar sodir etilgan va 9 mingdan ortiq fuqaro jarohat olgan, 2,5 mingga yaqin odam, jumladan 263 nafar bolalar halok bölgan.