Jamiyat | 08:13 / 13.02.2022
7989
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi Mehribonlik uyida bolani urib, tan jarohati yetkazgan tarbiyachi ishdan olindi

Foto: O‘zA

Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasi Toshkentdagi Mehribonlik uyida tarbiyachi bolani urib, tan jarohati yetkazgani bilan bog‘liq holat o‘rganilib, tarbiyachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingani haqida ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan bosh boshqarma tomonidan tuzilgan ishchi guruh o‘rganish olib borgan. O‘rganish xulosasiga ko‘ra, xabarda e’lon qilingan holat o‘z isbotini topgan.

Haqiqatan, tarbiyachi B.A. 21-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi M.A.ga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘lgan va jismoniy kuch ishlatgan. Tarbiyachi B.A. bilan o‘rnatilgan tartibda mehnat shartnomasi bekor qilinib, o‘z vazifasidan ozod qilingan. Hozirda huquq-tartibot idoralari tomonidan holat yuzasidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.

Holat yuzasidan ta’lim muassasa ma’muriyati hamda tarbiyachi-xodimlari bilan suhbat o‘tkazilib, bunday noxush vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha zarur ko‘rsatma va tavsiyalar berilgan.

Mavzuga oid