Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmatining xabar berişiça, mazkur holat yuzasidan örganiş natijalari qonuniy baho beriş uçun Boş prokuraturaga yuborilgan.
Qayd etilişiça, Andijon viloyati Marhamat tumanidagi öqituvçilarning ota-onalar oldida uzr söragani yuzasidan xalq ta’limi vazirining huquqiy-nazorat xizmati tomonidan örganiş işlari olib borilgan. Örganiş davomida maktab öqituvçilari 300 dan ortiq ota-onalar oldida qadr-qimmati obrösizlantirilib, kamsitilib, yiğlab keçirim söraşga majburlanib, ularning qonun bilan himoyalanadigan huquqlari poymol etilib, işçanlik qobiliyatiga zarar yetkazilgani yuzasidan tegişli hujjatlar töplangan.
“Tuman hokimligi taşabbusiga asosan taşkil etilgan mazkur tadbirdagi voqealar hamda bir qator mas’ullarning harakatlariga qonuniy baho berilişini ta’minlaş uçun töplangan hujjatlar Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasiga taqdim etildi”, – deyiladi vazirlik xabarida.
Şuningdek, mazkur masala yuzasidan qöşimça axborot berilişi ta’kidlangan.
Marhamatda nima bölgandi?
Kun.uz saytiga kelgan murojaatga köra, 4 fevral kuni Andijon viloyati Marhamat tumani 72-IDUM öqituvçilari öquvçilarning oliygohlarga kiriş körsatkiçi pastligi uçun ota-onalar qarşisida keçirim söraşga majbur qilingan.
Manba sözlariga köra, direktor boşçiligida sahnaga çiqarib qöyilgan öqituvçilar hokimlik vakillari topşiriğiga binoan boş egib, «biz aybdormiz», deb ota-onalardan keçirim söraşgan.
Röy bergan voqea ortidan Andijondagi mas’ul şaxslar birin-ketin munosabat bildirib, pedagoglardan uzr söraşdi.
«Kerak bölsa yiğlaysizlar» — Marhamatdagi uzrbozlik majlisi qanday ötkazilgan?

















