Qayd etilishicha, Toshkentdan uchish soat 18:30 da, Rostov-Donga yetib borish soat 20:20 da, Rostov-Dondan uchish soat 21:50 da, Toshkentga yetib borish soat 02:20 da amalga oshiriladi.
Toshkent – Rostov-Don yo‘nalishida aviachipta narxi 1 761 681 so‘mdan, Toshkent – Rostov-Don – Toshkent yo‘nalishida esa 1 934 819 so‘mdan boshlanadi.
23 fevraldan esa chorshanba kunlari Toshkent – Krasnodar – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.
Bunda, Toshkentdan uchish soat 19:10 da, Krasnodarga yetib borish soat 21:00 da, Krasnodardan uchish soat 22:30 da, Toshkentga yetib borish soat 03:00 da amalga oshiriladi.
Toshkent – Krasnodar yo‘nalishida aviachipta narxi 1 956 956 so‘mdan, Toshkent – Krasnodar – Toshkent yo‘nalishida esa 2 179 562 so‘mdan boshlanadi.















