Bojxona bojining 2 barobarga qisqarişi import avtomobillar narxiga qanday ta’sir qiladi?
|23:42 / 17.02.202296 2318 min
Import avtomobillar narxi taxminan 10 foizga arzonlaşişi mumkinligi, bu özgarişdan asosan çet el maşinalarini minadigan badavlat qatlam manfaat körişi aytilmoqda.
Özbekistonda import qilinadigan avtomobillar uçun bojxona boji stavkalari 2 barobarga (30 foizdan 15 foizga) pasaytirilişi kutilmoqda. Bojlarning pasaytirilişi narxlarga qanday ta’sir qilişi mumkinligini quyidagi misol orqali körib çiqamiz.
Ayni paytda yangi Changan CS35 Plus II (Comfort) avtomobilini Özbekistonga olib kiriş narxi (bojxonaçilar tomonidan tasdiqlangan Kun.uz hisob-kitoblari):
Bu yerda narxlar avtomobil qiymatidan olinadigan boj (5 954,4 dollardan 2977,2 dollarga) va QQS tölovlarining (4470,36 dollardan 4023,78 dollarga) pasayişi hisobiga arzonlaşadi.
Özbekistonga import avtomobili olib kirişdagi tölovlar qanday şakllanadi?
Autostrada.uz saytining yozişiça, Özbekistonga xorijdan avtomobil import qilişda tölanadigan tölovlar bir qança omillarga boğliq: avtomobilning yangi yoki eskiligi (işlab çiqarilgan yili ham inobatga olinadi), xarid narxi, avtomobil işlab çiqarilgan hamda import qilinayotgan mamlakat, dvigatel turi va hajmi.
Töğridan töğri bojxona tölovlari va yiğimlaridan taşqari, import qiluvçi şaxs 15 foiz QQS, şuningdek, utilizatsiya uçun tölov ham tölaydi.
Bojxona çegarasidagi avtomobil narxi oldi-sotdi şartnomasida körsatilgan yoki xalqaro narxlar katalogi böyiça belgilangan qiymatlarda hisoblanadi.
Quyida amaldagi tartiblar böyiça belgilangan bojxona tölovlari miqdori keltirilgan:
Boj avtomobilning qiymati va dvigatel hajmining har bir kub santimetri uçun AQŞ dollarida hisoblanadi.
Agar avtomobil erkin savdo hududi töğrisida şartnoma imzolangan mamlakatlarda işlab çiqarilgan va bu ST-1 sertifikati bilan tasdiqlangan bölsa, boj tölovi undirilmaydi. Bu mamlakatlar quyidagilar: Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozoğiston, Qirğiziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va Ukraina.
Bu sertifikat işlab çiqaruvçi yoki eksport qiluvçi mamlakatning Savdo-sanoat palatasi tomonidan işlab çiqarişning mahalliylaştiriş darajasi 50 foizdan oşgan va yiğiş töliq mamlakat içida amalga oşirilgan taqdirdagina (masalan, Lada uçun) taqdim qilinadi. Şu nuqtayi nazardan, Rossiyada işlab çiqarilgan Hyundai, Toyota yoki Nissan kabi avtomobillar uçun bojxona boji böyiça imtiyozlar qöllanilmaydi.
Bundan taşqari, avtomobil olib kirmoqçi bölgan şaxslar quyidagi körinişda (avtomobil tannarxi + boj tölovi + maxsus stavkalar * 0,15 foiz) QQS tölaydi.
2020 yilning 1 avgustidan Özbekistonga transport vositalarini olib kirişda amalda bölgan aksiz soliği stavkalari bekor qilinib, uning örniga utilizatsiya yiğimi joriy qilingandi.
Uşbu yiğimning TIF TN kodi 8703 (yengil avtomobillar) bölgan transport vositalari uçun stavkalari quyidagiça:
Işlab çiqarilganiga 3 yildan ortiq vaqt bölmagan transport vositalari uçun:
dvigatel hajmi 1000 sm3 gaça bölgan avtolar uçun BHMning 30 barobari miqdorida;
dvigatel hajmi 1000-2000 sm3 gaça bölgan avtolar uçun BHMning 120 barobari miqdorida;
dvigatel hajmi 2000-3000 sm3 gaça bölgan avtolar uçun BHMning 180 barobari miqdorida;
dvigatel hajmi 3000-3500 sm3 gaça bölgan avtolar uçun BHMning 180 barobari miqdorida;
dvigatel hajmi 3500 sm3 dan ortiq bölgan avtolar uçun BHMning 300 barobari miqdorida.
Işlab çiqarilganiga 3 yildan ortiq vaqt bölgan transport vositalari uçun:
dvigatel hajmi 1000 sm3 gaça bölgan avtolar uçun BHMning 90 barobari miqdorida;
dvigatel hajmi 1000-2000 sm3 gaça bölgan avtolar uçun BHMning 210 barobari miqdorida;
dvigatel hajmi 2000-3000 sm3 gaça bölgan avtolar uçun BHMning 330 barobari miqdorida;
dvigatel hajmi 3000-3500 sm3 gaça bölgan avtolar uçun BHMning 390 barobari miqdorida;
dvigatel hajmi 3500 sm3 dan ortiq bölgan avtolar uçun BHMning 480 barobari miqdorida.
Ma’lumot uçun, hozirda Özbekistondagi bazaviy hisoblaş miqdori (BHM) 270 ming sömni taşkil etadi.
Şu örinda ta’kidlaş kerak, Özbekistonga xorijdan avtomobil olib kirişda nafaqat tarif tösiqlari, balki notarif tösiqlar salmoği ham katta. Iqtisodçi Yuliy Yusupov Kun.uz'da e’lon qilingan maqolasida import avtolar uçun sertifikatlaştiriş organlaridan sertifikat oliş zarurati haqida töxtalib, ular avtomobil narxining sezilarli darajada oşişiga olib kelayotganini misollarda körsatib bergandi.
Kim qanday fikrda?
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Doniyor Ğaniyevga köra, bojxona bojlarining 15 foizga pasaytirilişi hisobiga xorijdan olib kelinadigan import avtomobilining narxi örtaça 10 foizga arzonlaşişi mumkin.
Iqtisodçi Otabek Bakirovning yozişiça, amaldagi har kub sm uçun örnatilgan maxsus stavkalar özgarişsiz qoldirilsa, bojlarning pasaytirilişi UzAuto Motors monopoliyasiga deyarli ta’sir qilmaydi.
“Avtomobillar importi uçun boj stavkalar kombinatsiyalaşgan tarzda belgilangan. Agarda bojlar 30 foizdan 15 foizgaça pasaytirilgan holatda ham, qöşilgan har kub sm uçun maxsus stavkalar özgarmasa, amalda UzAuto Motors'ning monopoliyasiga zarraça ham ta’sir qilmaydi.
Şu sabab, bojlarning pasaytirilişi bilan bir qatorda qöşilgan har kub sm uçun maxsus stavkalar bekor qilinişi lozim.
Şunda ham mahalliy işlab çiqaruvçi - monopolist 15 foiz import boji va 15 foiz QQS evaziga 32,25 foizlik ustunlikka ega böladi.
Yana bir muhim masala, yopiq qarorlar bilan Şevrolet, Skoda, Wolksvagen (UzAutoMotors), Kia, Lada, Reno (Ruddell) kabi avtomobillarni import qiliş böyiça UzAuto Motors va ayrim çöntak xususiy kompaniyalarga berilgan imtiyozlarning bekor qilinişi hisoblanadi. Hamma bir startda va bir qoidalarda işlaşi zarur”, deya munosabat bildirdi iqtisodçi.
Quyidagi jadvalda bojlar pasaytirilişi avtomobil import qiliş narxlariga qanday ta’sir qilişi böyiça soliştirma tahlil berilgan (jadval Otabek Bakirovning Telegram-kanalidan olindi).
Iqtisodçi Mirkomil Xolboyevning fikriça, mazkur özgarişdan asosan import maşina minadigan badavlat kişilar foyda köradi.
“Töğri, bojni (hozir 30%) ikki barobar pasaytiriş importga ta’sir qilmasligi rost, lekin bu özgarişdan foyda köradigan guruhlar bor albatta. Bunday kişilar – qimmat avtomobil import qiluvçi aholining eng daromadi yuqori qatlami. Ya’ni aholining daromadi yuqori kiçik guruhi hozirgaça ham çet eldan avtomobil olib kelar edi. Çegaradagi bojning 15 foizga pasayişi esa ular iste’mol qiladigan avtomobillar narxining sezilarli pasayişiga olib keladi.
Bojlarning pasayişidan örta daromadli aholi qatlami (ya’ni örtaça narxdagi avtomobil xarid qilişga imkoniyati borlar) heç nima yutmaydi, bu özgariş ular uçun heç nimani anglatmaydi, ular yana öşa “qadrdon” zavodimiz çiqarayotgan avtomobillarga navbatda turişga majbur böladi. Qarordan asosiy foyda köradiganlar esa daromadi eng yuqori va import avtomobillarini iste’mol qiladigan boylar”, – deydi u.