Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda korxona rahbari soxta hujjatlar bilan fuqarolar nomiga kredit olib, o‘zlashtirib yubordi
Korxonalardan birining rahbari fuqarolarning nomiga ularning xabardorligisiz 379 million so‘m iste’mol krediti rasmiylashtirib olgan.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departamentning Termiz shahar bo‘limi tomonidan AT “Xalq banki” Surxondaryo viloyati filialining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Tekshiruvda, “J.S.” xususiy korxonasi rahbari A.A. “Xalq banki”ning Termiz filiali xodimlari bilan til biriktirib, xususiy korxonada aslida ishlamagan fuqarolar nomiga soxta kredit hujjatlari yig‘ma jildini tayyorlashib, 16 nafar fuqaroning nomiga ularning xabardorligisiz jami 379 million so‘m iste’mol krediti ajratishga erishib, o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib, talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
14:58 / 12.05.2026
Sudya yordamchisi 53 ming dollar bilan ushlandi
09:15 / 30.04.2026
Buxoro va Surxondaryoda Afg‘onistondan kontrabanda qilingan opiyning katta partiyasi aniqlandi
15:10 / 24.04.2026
Surxondaryoda neft daryo o‘zaniga oqib ketdi
10:15 / 17.04.2026