Viloyat hokimligi axborot xizmatiga köra, ötgan vaqt mobaynida Uçquduq, Tomdi, Konimex, Qiziltepa, Navbahor, Xatirçi tumanlaridan mas’ullar Çimboyda bölib, 10 dan ortiq turli loyihalarni amalga oşiriş böyiça işlarni olib borişgan. Xususan, Uçquduq va Tomdi tumanlari hokimlarining örinbosarlari 4 kun davomida Çimboy tumanida bölib, hududning Yusupov massividan ajratilgan 1 090 gektar maydonda 5 ta loyihani amalga oşirişni belgilab olişgan. Hozirgi kunda fermer xöjaliklarining hujjatlari rasmiylaştirilib, davlat röyxatidan ötkaziş işlari olib borilmoqda.

Şuningdek, Konimex tumani hokimligi tomonidan Çimboy tumanining Toza jol ovuli Bözatov bölimida mayda şoxli mollarni köpaytiriş böyiça 300 boşdan 2 ta otar taşkil qilingan. Qiziltepa tumani mas’ullari tomonidan esa 1 ta çorvaçilik kompleksini taşkil etiş böyiça işlar boşlab yuborilgan.

















