Prezident Shavkat Mirziyoyev Orol dengizi bo‘ylab ekilgan saksovullar hududini ko‘rish, holat bilan yaqindan tanishish maqsadida tashrif buyurishi kutilmoqda.
Mutasaddilar Orolning keyingi taqdiri uchun amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar haqida davlat rahbariga taqdimot qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb yozadi Xushnudbek Xudoyberdiyev.
Jurnalist Aziza Qurbonovaning ta’kidlashicha, tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyev Mo‘ynoq va Orolqumda bo‘ladi.
Bundan oldin Orol dengizining qurigan tubiga havodan sepilgan urug‘lar unib chiqqani haqida xabar berilgandi.















