Qozoğiston sobiq prezidentining tönğiç qizi, parlament majlisi (quyi palata) deputati Dariğa Nazarboyeva parlament deputati sifatida iste’foga çiqqanini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Zakon.kz.

«Bugun men parlament deputatligidan voz keçib, butun e’tiborimni ijtimoiy, gumanitar, madaniy va xayriya işlariga qaratişga qaror qildim. 

«Nur Otan» partiyasiga ovoz bergan qozoğistonliklar, partiyadoşlarim va mamlakat rahbariyatiga menga işonç bildirgani uçun minnatdorçilik izhor etaman.

Fojiali yanvar voqealari tinç osmonsiz, Qozoğiston xalqining birligisiz mamlakatimiz ravnaqi va rivoji yuz bermasligini körsatdi. Bölib ötgan barça voqealar butun xalqimiz uçun katta fojiadir.

Bölib ötgan voqeani çuqur va xolisona örganiş, aybdorlarga jazo beriş, begunohlar ozodlikka çiqişi zarur, deb hisoblayman. 

Barçamiz, qozoğistonliklar, butun jamiyatimiz «qora yanvar»dan aççiq xulosa çiqarişimiz va bunday holat boşqa takrorlanmasligi uçun qölimizdan kelganini qilişimiz kerak. Bu - dahşat va qörquvga töla fojiali kunlar anarxiya nimalarga olib kelişi mumkinligini körsatdi. 

Vatanimizning buguni va kelajagi yölida, uning milliy suvereniteti va mustaqilligini asrab-avaylaş, tinçlik va xavfsizlikni ta’minlaş yölida jamiyatning hamjihatligini namoyon etişimiz zarur. 

Men vatanim va uning manfaatlariga xizmat qilişda davom etaman. Buning uçun lavozimlar kerak emas», — deyiladi deputat Dariğa Nazarboyevaning murojaatida.

Avvalroq, Dariğa Nazarboyeva Qozoğiston parlamenti yalpi majlisida qatnaşmayotgani xabar berilgandi.

Uning hamkasbi, hukmron «Nur Otan» partiyasidan deputat Aydos Sarim Nazarboyeva iste’foga çiqişi kerakligini aytgan edi. Jurnalistlarning sobiq prezident qizi nega bunday qilişi kerakligi haqidagi savoliga u Qozoğistondagi yanvar voqealari «uning nomi bilan» boğliq ekani, «jamiyatda katta işonçsizlik va norozilik bor, bunga butun dunyo böylab iste’fo orqali erişiladi, şuning uçun reaksiya bildiriş zarurligi» haqida aytgan edi. 

Qozoğistonni qariyb 30 yil boşqargan Nazarboyev 2019 yilning 20 martida prezidentlikdan ketdi, biroq öşanda Xavfsizlik kengaşi rahbari, hukmron «Nur Otan» partiyasi yetakçisi va Qozoğiston Xalq assambleyasi rahbari lavozimlarini saqlab qolgan edi.