Hyundai avtomobillarining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori Hyundai Auto Asia innovatsion Hyundai Sonata va Hyundai Elantra sedanlarini 40% oldindan to‘lovi va yillik 0% bilan 30 oyga bo‘lib to‘lashni taklif etadi.

Iste’molchi talabini o‘rganish va potensial xaridorlar manfaatlarini tahlil qilish asosida yangi xizmatlar va takliflarni joriy etish distribyutor faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Hyundai Auto Asia lizing hamkori Mikro Leasing  kompaniyasi bilan birgalikda o‘z mijozlariga, Hyundai Elantra va Hyundai Sonata innovatsion sedanlari egasi bo‘lish uchun yangi imkoniyatni taqdim etadi. Dastlabki to‘lovning 40 foizini to‘lab, yillik 0% bilan 30 oyga bo‘lib to‘lash orqali siz ushbu avtomobillarga ega bo‘lishingiz mumkin. Xizmat trade-in dasturi orqali ham amalga oshiriladi va faqatgina Hyundai Elantra va Hyundai Sonata avtomobillari uchun amal qiladi. Eslatib o‘tamiz, trade-in orqali mazkur avtomobillarni harid qilishda 10 million so‘mgacha imtiyozlar beriladi. 

Hyundai Elantra

Zamonaviy, tezkor siluet, LED texnologiyasi bilan hamohanglikda fast-back  geometrik ko‘rinish, yangi Elantra’ga dadil va hal qiluvchi ko‘rinishni beradi. Yo‘lda e’tibordan chetda qolmaysiz, mashina magnit kabi nigohlarni o‘ziga tortadi.

Hyundai’ning yangi ishlab chiqilgan uchinchi avlod platformasi mazkur Elantra rusumli avtomobilni mukammal yo‘lda ravon harakatlanishini va harakatchanlik qobiliyatini ta’minlaydi, u chaqqonlik va haydash qulayligi uchun yoqilg‘i tejaydigan dvigatel bilan uyg‘unlashadi.

Yettinchi avlod Hyundai Elantra dizayni "Parametrik dinamika" konsepsiyasiga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, orqa va yon tomonlardagi juda ko‘p sonli qirralar va maxsus singan chiziqlari bilan ko‘zni quvontiradi. Old qismi yangi uch o‘lchamli qora panjara bilan bezatilgan bo‘lib, avtomobilning jozibadorligini yanada oshiradi.

Avtomobil beshta bezak darajasida va oltita rangda taqdim etilgan.

Hyundai Sonata

Sonata o‘z quvvatini sizning buyrug‘ingiz orqali namoyon etadi va siz har qanday vaziyat o‘z qo‘lingizda ekanini his qilasiz. Magistral yo‘lda yoki shahar tirbandligida haydashingizdan qat’iy nazar, Sonata’ning harakatchanligi va dinamizmi haydashning haqiqiy zavqi uchun moslashadi. Yengil va yoqimli haydash uchun maxsus rul boshqaruvi ham mavjud. Premium uskunalar, bosh ekrani va ko‘rish qiyin bo‘lgan nuqtalarni aniqlovchi monitoringga ega “Super Vision” asboblar paneli haydovchi xabardorligi va xavfsizligini yanada oshiradi. Sonata o‘z yo‘lovchilariga yuqori darajadagi qo‘llab-quvvatlovchi o‘rindiqlar bilan g‘amxo‘rlik qiladi.