Aholi qayğurganiça bor – sönggi yillarda poytaxtdagi boğlar va daraxtlarga nisbatan tiyiqsiz harakatlar sodir etilmoqda. Şahar hududidagi yaşil hududlar, köllar investitsiya bahonasida turli xususiy firmalarga sotib yuborilayotgani açinarli.
Ğafur Ğulom nomidagi boğ şaharning eng yirik va sölim parklaridan biri bölib, bu yerda 2 ta sun’iy köl va minglab daraxtlar bor. Bunday hududlar yirik megapolisning zararli tutun va çanglarga töla atmosferasini tozalab, şaharga öpka vazifasini bajarib beradi. Odamlar şovqin-suron va tutunlardan xoli şunday joylarda dam olişadi, köngil oçişadi.

Boğning yangi egalari prezidentning Toşkentdagi yaşil hududlarni köpaytiriş borasidagi qaror va farmonlarini amalga tatbiq etişda namuna böla olişlarini körsatmoqçilar. Buni amalda köriş uçun esa toşkentliklar va poytaxt mehmonlaridan yana biroz kutiş söralmoqda.
Ma’lum qilinişiça, boğ hududidagi köllar quritilmaydi (Milliy boğdagi ayançli holatga bu yerda yöl qöyilmaydi), aksinça, dam oliş uçun yanada qulay holatga keltiriladi. Xalq orasida “bublik – teşikkulça” nomi bilan tanilgan köl va uning örtasidagi orolça faqatgina sokinlikni xuş köradiganlar uçun sayl va sayr hududi böladi. Bu kölda qayiqlar ham, katamaranlar ham, kafelar ham, attraksionlar ham bölmaydi. Faqat daraxtlar, örindiqlar, fonuslar va sakinat! Orolçaga olib boruvçi ikki köprik butkul yangidan qurilmoqda. Kölga ördaklar, oqquşlar, ğozlar va boşqa parrandalar qöyib yuboriladi.


Ikkinçi köl esa avvalgi maqomiga qaytariladi, ya’ni unda çömiliş uçun plyaj zonasi, faol dam oluvçilar uçun voleybol, basketbol va sohilda öynaş mumkin bölgan boşqa sport turlari uçun maydonçalar barpo etilmoqda. Kölning plyajga qarama-qarşi qirğoğida amfiteatr qurilmoqda. Bu amfiteatr tribunalari kölga qaragan bölib, tomoşabinlar turli köngiloçar çiqişlarni zumrad köl fonida kuzatişlari mumkin böladi.
Körsatuvimiz orqali park hududidagi attraksionlar yangilanayotgani, ular qaysi davlatlardan olib kelinayotgani, xarajatlar miqdori, öt öçiriş gidrantlari, kiçik yoşdagi bolalar, ösmirlar va kattalar uçun mos keladigan har turli tematik attraksionlar va hududlar, yopiq va oçiq interaktiv hududlar, bitta yopiq va 3 ta oçiq bolalar maydonçalari, yangi qurilayotgan tomoşa çarxpalagi, vorkaut maydonçalari va veloyölaklar, alohida hududda joylaştiriladigan fud-zona, daraxtlar va çimlarni suğoriş uçun tomçilatib va yomğirli suğoriş tizimlari örnatilayotgani, va muhimi, rekonstruksiya davrida daraxtlarga ziyon yetkazilmagani haqida bilib olasiz.
















