Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy ta’lim tizimida ko‘krak nishonlari ta’sis etiladi
Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim sohasidagi xizmatlari uchun” hamda “O‘rta maxsus va professional ta’lim sohasidagi xizmatlari uchun” ko‘krak nishonlarini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Hujjat bilan “Oliy ta’lim sohasidagi xizmatlari uchun” hamda “O‘rta maxsus va professional ta’lim sohasidagi xizmatlari uchun” ko‘krak nishonlari ta’sis etiladi.
Belgilanishicha:
“Oliy ta’lim sohasidagi xizmatlari uchun” hamda “O‘rta maxsus va professional ta’lim sohasidagi xizmatlari uchun” ko‘krak nishonlari 1 oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayrami arafasida topshiriladi;
“Oliy ta’lim sohasidagi xizmatlari uchun” hamda “O‘rta maxsus va professional ta’lim sohasidagi xizmatlari uchun” ko‘krak nishonlari bilan mukofotlash oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri buyrug‘i asosida amalga oshiriladi;
“Oliy ta’lim sohasidagi xizmatlari uchun” hamda “O‘rta maxsus va professional ta’lim sohasidagi xizmatlari uchun” ko‘krak nishonlari, ularning guvohnomasini tayyorlash hamda mukofotlanganlarni taqdirlash bilan bog‘liq xarajatlar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Markaziy bank “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining buyurtmasiga asosan “Oliy ta’lim sohasidagi xizmatlari uchun” hamda “O‘rta maxsus va professional ta’lim sohasidagi xizmatlari uchun” ko‘krak nishonlari va ularning guvohnomasi tayyorlanishini belgilangan tartibda ta’minlaydi.
Mavzuga oid
22:01 / 25.02.2026
Yigit-qizlar qarshisidagi muammolar yoxud yoshlar siyosati nega muhim?
19:25 / 24.02.2026
Prezident rektorlarni ogohlantirdi
09:05 / 22.02.2026
AQShga navbatdagi tashrif, elektromobil quvvatlash subsidiyasi va talaba formasi – hafta dayjesti
22:53 / 21.02.2026