IIV huzuridagi tergov departamentining xabar berişiça, 2022 yil 22 fevral kuni Samarqand viloyati Urgut tumani Kamangaron qişloğida yaşovçi 31 yoşli B.R. Ğallaorol tuman IIB boşliği nomiga ariza bilan murojaat qilgan. Uning arizasiga köra, 22 fevral kuni soat 22:30larda Samarqand şahar “Uluğbek” avtoşohbekatidan öziga tegişli bölgan Cobalt maşinasiga Toşkent şahriga olib borib qöyiş uçun 2 nafar notaniş yölovçini ötkazgan.

Jizzax viloyati Ğallaorol tumani “Kökgumbaz” MFY hududiga yetganda orqa örindiqda ötirgan yölovçilardan biri ötkir tiğli jismni uning böyin sohasiga tiragan. Maşinaning old örindiğida ötirgan yölovçi esa uning yuz va qorin qismiga muştlab urgan va maşinani töxtatişni buyurgan.

Haydovçi B.R. ularning talablarini bajarib maşinani yölning qatnov qismida töxtatib, qarama-qarşi yönalişga ötib ketgan. Noma’lum şaxslar esa maşina salonida bölgan kurtkasini hamda içki çöntagida bölgan 1 200 dollar va “REDMI-10S” rusumli telefon apparatini olib ketişgan.

Mazkur holat yuzasidan Ğallaorol tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan noma’lum şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “a, b” bandlari (bosqinçilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyat Samarqand viloyatida yaşovçi 22 yoşli O.Ş. hamda Qaşqadaryo viloyatida yaşovçi 24 yoşli P.L. tomonidan sodir etilgani aniqlanib, ular protsessual tartibda uşlangan.

Tergov davomida qonunbuzarlardan telefon apparati hamda olib ketilgan pullar söralganda, ular bosqinçilik yöli bilan qölga kiritgan “REDMI-10S” telefon apparatini Toşkent şahar Çilonzor tumanida joylaşgan “Farhod” bozorida özlariga notaniş bölgan fuqaroga 1 million sömga sotib yuborişgani, jabrlanuvçi arizasida körsatgan 1 200 dollar miqdoridagi pullar esa öğirlanmagani, aksinça pullar jabrlanuvçining özida ekani aniqlangan.

Tergov harakatlari davomida ayblanuvçilar doirasi aniqlanib, huquqiy baho berilişi ta’minlanadi. Hozirda tergov davom etmoqda.