Vazirlar Mahkamasining “Içki işlar organlari tomonidan konvoy harakatlarini amalga oşirişda elektron brasletlardan foydalanişni joriy etiş haqida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Quyidagilar: içki işlar organlari tomonidan konvoy harakatlarini amalga oşirişda elektron brasletlardan foydalaniş tartibi töğrisidagi nizom; içki işlar organlari bölinmalarini elektron brasletlar bilan ta’minlaş böyiça dastur tasdiqlanadi.

Içki işlar vazirligi:

  • manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda içki işlar organlari tomonidan konvoy harakatlarini amalga oşirişda foydalaniladigan elektron brasletlar böyiça texnik topşiriqni işlab çiqadi va tasdiqlaydi;
  • 2023 yil yakuniga qadar içki işlar organlarining konvoy bölinmalari belgilangan dasturga muvofiq elektron brasletlar bilan töliq ta’minlanadi;
  • içki işlar organlarining konvoy bölinmalari uçun elektron brasletlarni xarid qiliş bilan boğliq sarf-xarajatlarni Içki işlar vazirligining budjetdan taşqari mablağlari hisobidan amalga oşiriladi.

Nizom jinoyat sodir etganlikda gumon qilinib uşlab turilgan, öziga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan şaxslar hamda mahkumlar bilan konvoy harakatlarini amalga oşirişda ular ustidan nazoratni kuçaytiriş uçun içki işlar organlari tomonidan elektron brasletlardan foydalaniş tartibini belgilaydi.

Quyidagilar konvoy harakatlarini amalga oşiriş uçun asos hisoblanadi:

  • sud va suriştiruv va tergov organlarining talabnomalari;
  • sud ajrimi (hukmi);
  • içki işlar organlarining vaqtinça saqlaş hibsxonalari hamda tergov hibsxonalarida saqlanayotgan şaxslarni va jazoni ijro etiş koloniyalarida jazo muddatini ötayotgan mahkumlarni tibbiyot muassasasiga joylaştiriş yoki tibbiy muassasasida tekşiruvdan ötkaziş lozimligi töğrisidagi tibbiyot xodimining ma’lumotnomasi.

Elektron brasletlar bilan Içki işlar vazirligi Qorovul qöşinlari, içki işlar organlarining konvoy bölinmalari, vaqtinça saqlaş hibsxonalari, tergov hibsxonalari va jazoni ijro etiş koloniyalari ta’minlanadi.

Elektron brasletlardan faqatgina konvoy qilinuvçilar bilan barça konvoy harakatlarini amalga oşiriş jarayonida, şuningdek içki işlar organlarining vaqtinça saqlaş hibsxonalari hamda tergov hibsxonalarida saqlanayotgan şaxslarning va jazoni ijro etiş koloniyalarida jazo muddatini ötayotgan mahkumlarning soğliqni saqlaş tizimidagi tibbiyot muassasalarida statsionar davolanişi yoki tibbiyot muassasasida tibbiy tekşiruvdan ötkaziş davrida ular ustidan töliq nazorat örnatiş maqsadida foydalaniladi.