Qrim rahbari Sergey Aksenov tomonidan qöllab-quvvatlangan «Konvoy» xususiy «harbiy-qöriqlaş» kompaniyasi Rossiya prezidentining dösti Arkadiy Rotenberg tuzilmasidan, şuningdek davlat iştirokidagi VTB Rossiya bankidan millionlab rubl olgan. Bu haqda 14 avgust, duşanba kuni rossiyalik muxolifatçi Mixail Xodorkovskiyning notijorat loyihasi bölmiş «Dose» markazi tomonidan ötkazgan suriştiruvda aytiladi.
Jurnalistlarning sözlariga köra, 2022 yil 16 oktyabrda «Ay-Petri» sanatoriysi «Konvoy» kazaklar jamiyatiga 120 million rubl xayriya qilgan.
«Konvoy» xususiy «harbiy-qöriqlaş» kompaniyasi kazaklar jamiyati tomonidan 2015 yil yanvar oyida taşkil etilgan, deyiladi maqolada.
Suriştiruvçilarning aytişiça, sanatoriy 2018 yilda xususiylaştirilgan va Arkadiy Rotenbergning mulklari röyxatiga ötgan.
«Dose»: Tölovlar VTB hisobraqamidan kelib tuşgan
Bundan oldin, 2022 yil 28 sentabrda, «Dose» ma’lumotlariga köra, «VTB Strana» xayriya jamğarmasi hisobidan «Konvoy» hisobiga 100 million rubl, 2022 yil 5 oktyabrda VTB hisobidan yana 100 million rubl tuşgan. Jurnalistlarning sözlariga köra, bir qator tranşlar XHKga aloqasi bölmagan yonilği kompaniyalari tomonidan ötkazilgan.
Sanatoriy bilan boğliq bölgan infratuzilma loyihalari böyiça boşqaruvçi kompaniya boş direktori Nelli Şatova jurnalistlarning ma’lumotlariga izoh bermadi. Rotenbergning özi hali naşrga javob qaytarmadi. «Dose» markazi, şuningdek, VTB matbuot xizmatiga «Konvoy»ga xayriya miqdori va maqsadi haqida savollar yubordi, ammo javob olmadi.
Jurnalistlar: XHK jangovar maydoni Xerson viloyatida joylaşgan
Suriştiruvçilar ma’lumotlariga köra, «Konvoy» Qrimda Perevalnoye qişloği yaqinida bazaga ega. 2023 yil boşida XHK ştatida 261 kişi bor edi, yozga kelib 400 ga yaqin jangçilar bölgan, deb yozadi «Dose». Unga köra, XHKning jangovar uçastkasi Xerson viloyatida joylaşgan. Umuman olganda, taşkilot «dahşatli aralaşma: yollanma, tijorat va kazaklarning mafkurasiga ega», deyiladi materialda.
Avvalroq, 10 iyun kuni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu yangi buyruqni imzolagan edi, unga köra, Ukrainadagi frontda bölgan barça «köngilli otryadlar» 1 iyulga qadar Mudofaa vazirligi bilan şartnomalar tuzişi kerak.


















