Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chilonzor tumanidagi dorixonada kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotayotganlar ushlandi
“Karbamazepin”, “Lirika”, “Naftezin” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritishga uringan dorixona rahbari ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Chilonzor tumanidagi “M.P.” MChJga qarashli dorixonada tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda, MChJ rahbari 5 dona “Zardeks” nomli dori vositasini 100 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan tegishli hujjatlari bo‘lmagan, sotish uchun mo‘ljallangan 2 580 dona “Karbamazepin”, 434 dona “Lirika” va 31 dona “Naftezin” nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
11:00 / 16.05.2026
Chilonzorda Tracker piyodani urib yubordi
20:30 / 09.04.2026
Soxta imzo, tasdig‘ini topgan jinoyat va nizoli garov: Toshkentda tadbirkor o‘zgalar qilmishini deb mulkidan ayrilib qolmoqda
13:53 / 20.03.2026
Chilonzorda Al-Xorazmiy ko‘chasining bir qismi yopiladi
12:06 / 04.03.2026