Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suv xo‘jaligi obektlarini boshqarishga xususiy sektor jalb etiladi
Prezidentning «Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish hamda suv iste’molchilari orasidagi munosabatlarni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilandi:
- qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilar va aholi tomorqalarini suv resurslari bilan ishonchli ta’minlash;
- irrigatsiya tizimlari va sug‘orish tarmoqlarining hamda ulardagi gidrotexnika inshootlarini doimiy texnik soz holatda ushlab turish;
- yirik qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni o‘z hududida suvni boshqarish va taqsimlash ishlariga jalb qilish;
- iqtisodiyot tarmoqlarini suv bilan ta’minlashga oid davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish bo‘yicha DXSh tamoyillarini keng joriy etish;
- suvning hisobi va hisobotini inson omiliga minimal ravishda bog‘liq bo‘lgan avtomatlashtirilgan tizimlar orqali yuritish.
- Hujjat bilan quyidagi tartiblar belgilandi:
qishloq xo‘jaligi yerlari o‘z hisobida mavjud bo‘lgan klasterlarga o‘zlariga tegishli maydonlardagi barcha suv xo‘jaligi obektlarini DXSh tamoyillari asosida boshqaruvga berish;
- meva-sabzavotchilik hamda sholichilikka ixtisoslashgan tumanlar suv xo‘jaligi obektlari boshqaruviga DXSh tamoyillari asosida xususiy sektorni jalb qilish;
- qishloq xo‘jaligi sug‘oriladigan yerlarida faoliyat ko‘rsatayotgan suv iste’molchilari va tuman irrigatsiya bo‘limlari o‘rtasida suv yetkazib berish va suv xo‘jaligi xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish.
Suv xo‘jaligi obektlari DXSh tamoyillari asosida berilganda, ularni o‘z boshqaruviga olgan xususiy korxonalar xizmat ko‘rsatish hududida:
- mavjud bo‘lgan barcha suv xo‘jaligi obektlarini mustaqil boshqaradi;
- dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqalarini belgilangan tartibda suv olish limiti doirasida suv bilan ta’minlaydi;
- suv hisobi va hisobotining to‘liq yuritilishini ta’minlaydi hamda bu jarayonga avtomatlashtirilgan tizimlarni joriy qiladi;
- xizmat ko‘rsatish hududidagi barcha suv xo‘jaligi obektlarining bosqichma-bosqich modernizatsiyasini ta’minlaydi.
Bunda, biriktirilgan hududdagi suv xo‘jaligi obektlarining ekspluatatsiya xarajatlari uchun davlat budjetida nazarda tutiladigan mablag‘larning bir qismi xususiy sherikka to‘lab beriladi.
Mavzuga oid
08:39 / 04.04.2026
Qishloq va suv xo‘jaligi sohasi uchun kadrlar tayyorlash tizimi kuchaytiriladi
19:48 / 10.03.2026
Muhandis talabalar 4 kun nazariy bilim oladi, 2 kun amaliyot o‘taydigan tizim yaratiladi
11:34 / 14.02.2026
Markaziy Osiyo energetika va suv xo‘jaligi vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
15:23 / 05.01.2026