8 ta davlat tashkilotiga yuridik xizmat ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

Foto: Fotolia
Prezidentning “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Prezidentning “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan respublikaning barcha tuman va shaharlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining huzurida Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tashkil etilgan.
Adliya vazirligining 2022 yil 1 avgustdan boshlab bosqichma-bosqich markazlar tomonidan respublikaning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat bilan ta’minlanmagan quyidagi davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin:
- mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi;
- aholi bandligiga ko‘maklashish markazi;
- davlat soliq inspeksiyasi;
- qishloq xo‘jaligi bo‘limi;
- turizm va sport bo‘limi;
- davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari;
- davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
- davlat ko‘p tarmoqli va oilaviy poliklinikalar.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda:
2022 yil 1 avgustga qadar ko‘rsatilgan davlat organlariga shartnoma asosida “E-huquqshunos” elektron tizimini ulash va xizmat ko‘rsatish;
bosqichma-bosqich davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda ko‘p tarmoqli va oilaviy poliklinikalarni “E-huquqshunos” elektron tizimiga bepul asosda ulash va xizmat ko‘rsatish;
“E-huquqshunos” elektron tizimini texnik qo‘llab-quvvatlash va maslahatlar berib borish maqsadida “call-markaz” faoliyatini yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘radi.
Tavsiya etamiz
AQSh elchisi o‘zbekistonlik noqonuniy migrantlarga murojaat qildi
O‘zbekiston | 16:53 / 03.04.2025
AQShning yangi bojlari O‘zbekistonga qanday ta’sir qiladi?
Nuqtayi nazar | 14:23 / 03.04.2025
Xorazmda pulini ko‘paytirib berishni aytib, mingdan ortiq odamni chuv tushirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 20:24 / 02.04.2025
Bitta mashinada nuqson topilsa, brendning hamma modellarini yoppasiga taqiqlash to‘g‘rimi?
O‘zbekiston | 20:13 / 02.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Taniqli jurnalist Jasur Hamroyev vafot etdi
Jamiyat | 10:30
-
Toshkentda beton to‘siqqa urilgan BYD yonib ketdi
Jamiyat | 09:52
-
Zelenskiy: Tinchlikparvarlik missiyasini ishchi guruhlar tayyorlaydi
Jahon | 09:27
-
Elektr tarmoqlari korxonasi xodimi 1 mlrd so‘mlik elektrni talon-toroj qildi
Jamiyat | 09:14
Mavzuga oid

08:44 / 06.06.2022
Parrandachilikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi o‘zgaradi

09:01 / 08.04.2022
«Olima ayollar jamiyati» nimalar bilan shug‘ullanishi ma’lum bo‘ldi

08:32 / 28.03.2022
Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash masalasini adliya organi bilan kelishish tartibi o‘zgaradi

07:51 / 26.03.2022