Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha chegarasida o‘zbekistonliklar avtohalokatga uchradi, bir kishi vafot etdi
Ukrainadan evakuatsiya qilinayotgan uch nafar o‘zbekistonlik Polsha chegarasida avtohalokatga uchradi. Bu haqda O‘zbekistonning Ukrainadagi elchisi Alisher Qurmonov xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonning uch fuqarosi: Otabek Hakimov (2001 yilda tug‘ilgan), Behzod Husainov (2001 yilda tug‘ilgan) va Sherzod Salohiddinov (2001 yilda tug‘ilgan) Polsha chegarasiga kiraverishda avtohalokatga uchragan.
Fojia natijasida Otabek Hakimov voqea joyida vafot etgan, qolgan ikki o‘zbekistonlik Lvovdagi shahar kasalxonasiga olib borilgan.
“Ushbu voqealarni inobatga olib, O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi zudlik bilan elchixona ko‘ngillilari guruhi vakili, malakali shifokor Temurbek Yusupovni Lvovga jo‘natdi. Uning Lvovga kelishi bugun 5 mart kuni kutilmoqda.
Otabek Hakimovning yaqinlariga hamdardlik bildirgan holda, jabrlangan vatandoshlarning barcha qarindoshlari va yaqinlarini ishontirib aytamizki, elchixona ularning hayotini saqlab qolish, jumladan, dori-darmonlar bilan ta’minlash va Ukrainaning yetakchi shifokorlari bilan maslahatlashish uchun barcha sa’y-harakatlarini amalga oshiradi”, deyiladi elchi xabarida.
Bildirilishicha, elchixona O. Hakimovning jasadini tez vaqtda O‘zbekistonga jo‘natish bo‘yicha sa’y-harakatlarni amalga oshiradi.
“Shu bilan birga, biz bu masalani hal qilish mamlakatda olib borilayotgan harbiy harakatlar va ommaviy evakuatsiya tufayli murakkablashayotganini tushunishingizni so‘raymiz”, deyiladi ma’lumotda.
Mavzuga oid
09:55
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
20:55 / 23.06.2026
Ukraina Qrimni materik bilan bog‘lovchi ko‘priklardan birini vayron qildi
10:30 / 23.06.2026