"Olmaliq KMK" AJning bir guruh işçilari 117,5 mln sömlik 160.5 gr qimmatbaho metallarni korxonadan olib çiqişga uringan.
Qayd etilişiça, DXXning Toşkent viloyati boşqarmasi xodimlari va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan. Unda qimmatbaho metall öğrilari qölga olingan.
Tezkor tadbirda, olmaliqlik X.F. "Olmaliq KMK" AJning bir guruh işçilari bilan jinoiy til biriktirgan. U "Oltin va kumuşni affinajlaş sexi"ning kiyim almaştiriş xonasiga qimmatbaho metall – sanoat qumlarini yaşirib qöygani foş bölgan.
Huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari tomonidan uşbu yaçeykaning pastki qismida “perçatka”da joylaştirilgan umumiy oğirligi 4 kg 435 gr bölgan sanoat mahsuloti – şlam protsessual tarzda rasmiylaştirib olingan. Laboratoriya tahlili natijalariga köra, uşbu sanoat qumlari tarkibida umumiy narxi 117,5 mln sömlik 160.5 gr qimmatbaho metallar mavjudligi aniqlangan.
Fuqaro X.F. Çirçiq şahrida "Olmaliq KMK” AJning qöriqlaş xizmatida bölib ötayotgan qabulda qatnaşiş uçun kelgan vaqtida qölga olingan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoiy iş qözğatilgan.
Avvalroq, Samarqandda qimmatbaho oltin bölaklarini noqonuniy ravişda olib ketayotgan fuqaro uşlanganligi xabar qilingan edi.
















