Anadolu tibbiyot markazi mutaxassislari robotlaştirilgan qurilma yordamida bajariladigan operatsiyalar va ularning afzalliklari haqida sözlab berişmoqçi.

Zamonaviy tibbiyot kundan kunga rivojlanib bormoqda va innovatsion uslubdagi davo muolajalari amaliyotga tobora kengroq tatbiq qilinmoqda. Bugungi kunda Da Vinci roboti yordamida reabilitatsiya jarayoni uzoq davom etadigan murakkab operatsiyalarni muvaffaqiyatli bajariş imkoni mavjud. Robot jarrohlik aralaşuvining muvaffaqiyatini ta’minlaş bilan birga, amaliyotdan söng bemorning jismoniy jihatdan tez tiklanişi va odatiy hayot tarziga qaytişida yordam beradi.

Amerikaning jahonga maşhur Jons Hopkins Medicine klinikasi bilan hamkorlikda yaratilgan va faoliyat yuritayotgan Anadolu tibbiyot markazi (Istanbul, Turkiya) mutaxassislari yangi usulning afzalliklari haqida sözlab berişdi.

Albatta, operatsiyalarni, robotning bir özi amalga oşirmaydi – ularni jarroh masofadan turib boşqaradi. Biroq robotlaştirilgan qurilmadan foydalaniş orqali jarroh bemor uçun minimal şikastli usulda hatto eng murakkab operatsiyalarni ham öta aniqlik bilan muvaffaqiyatli amalga oşirişi mumkin.

Jarroh operatsiyani masofadan turib, robotning tört qölini konsol yordamida boşqargan holda olib boradi. Har bir manipulyatorning öz vazifasi bor – ular skalpel, tutqiç, koagulator va aspirator vazifasini bajaradi.

Ikki manipulyator – bu jarrohning ikki “qöli” bölib, ular yordamida operatsiya amalga oşiriladi. Darvoqe, robot “qöl”lari inson qöli yetib bora olmaydigan joylarga ham kirişi mumkin, bu esa amaliyotning yanada samaraliligi va aniqligini ta’minlaydi.

Uçinçisi – tasvirni jarroh uçun 3D şaklda konsolga uzatuvçi kameradir. Agar kerak bölsa, u tasvirni 10 barobar kattalaştirib körsatişi mumkin.

Törtinçi manipulyator jarrohga tösqinlik qiluvçi töqimalarni olib taşlaş uçun zarur. Robot manipulyatorlari 540 darajali ölçamda harakatlana oladi va inson qöllari bajaradigan barça harakatlarni uddalaydi.