Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Sirdaryo viloyati Mirzaobod tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda, fuqaro M.P. fuqaro A.ning ishonchiga kirib, uning tanishlari bo‘lgan Jizzax viloyatida joylashgan manzil koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar O. va X.ni kafillik to‘lovi orqali ozodlikka chiqarib berishni va’da qilib, evaziga 136 mln so‘m pulini plastik kartaga o‘tkazish orqali qo‘lga kiritgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Bundan avval Qo‘ng‘irotda mahkumni 10 ming dollar evaziga ozodlikka chiqarib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlangandi.














