O‘zbekiston | 14:57 / 12.03.2022
8409
2 daqiqa o‘qiladi

Tanqiddan so‘ng: Jizzaxda koronavirusdan vafot etgan tibbiyot xodimining yaqinlariga tovon puli to‘lab berildi

Jizzaxda 2020 yil avgustida koronavirusdan vafot etgan tibbiyot xodimi Xanifa Saidovaning oila a’zolariga prezident qarorida belgilangan 250 mln so‘mlik bir martalik to‘lov to‘lab berildi.

Foto: KUN.UZ

Xanifa Saidovaning o‘g‘li Azizjon Nasrullayevning Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, 11 mart kuni Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani tibbiyot birlashmasi tomonidan 250 mln so‘mlik bir martalik to‘lov ularga to‘lig‘icha to‘lab berilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil 27 yanvar kuni Kun.uz'da “Jizzaxda koronavirusdan vafot etgan tibbiyot xodimining yaqinlariga tovon puli qachon to‘lanadi?” sarlavhali maqola e’lon qilinib, unda Xanifa Saidovaning oila a’zolariga prezident qarorida belgilangan bir martalik to‘lovni to‘lab berish paysalga solinayotgani, hatto ularning foydasiga chiqarilgan sud qarori ham ijro etilmayotgani tanqid qilingandi.

Ma’lumot uchun, 2021 yil 1 yungacha amalda bo‘lgan PQ-4652-sonli prezident qarorida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish doirasida bemorlar bilan ishlagan vaqtida koronavirus infeksiyasini yuqtirish natijasida og‘ir ahvolga tushgan va sog‘lig‘i tiklanmagan taqdirda tibbiyot xodimiga yoki uning oila a’zolariga 250 mln so‘mlik bir martalik to‘lov to‘lanishi belgilangan.

Mavzuga oid