Vazirlar Mahkamasining “Yaşil boğlar” va “Yaşil jamoat parklar” barpo etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Loyiha prezident farmoni bilan tasdiqlangan yaşil hududlarni rivojlantiriş, kökalamzorlaştiriş va köçat ekiş işlarini tizimli taşkil etiş böyiça “Yöl xaritasi” 9-bandi ijrosini ta’minlaş maqsadida işlab çiqilgan.
Qaror loyihasini qabul qiliş zaruriyati quyidagilar bilan asoslangan:
daraxt, butalar va yaşil hududlarni muhofaza qiliş hamda ular maydonlarini kengaytiriş, sohada mas’ul taşkilotlar faoliyatini yanada samarali taşkil etiş maqsadida qabul qilingan prezidentning “Respublikada kökalamzorlaştiriş işlarini jadallaştiriş, daraxtlar muhofazasini yanada samarali taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlaş hamda “Yaşil boğlar” va “Yaşil jamoat parklar” maqomi, faoliyat yuritiş tartibi, talablar, egalari huquqlari va majburiyatlari, ularni boşqariş
va moliyalaştiriş mexanizmlarini belgilaşdan iborat.
Loyihada “Yaşil boğlar” töğrisida nizom hamda “Yaşil jamoat parklar” töğrisida nizomlar tasdiqlanmoqda.
Şuningdek, yaşil boğlar va yaşil jamoat parklari suğoriş imkoniyati mavjud yer uçastkalarida taşkil etilişi belgilanmoqda.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari “Yaşil boğlar” va “Yaşil jamoat parklar”ni belgilangan muddatlarda taşkil etiş uçun mas’ul va javobgarligi belgilanmoqda.
“Yaşil boğlar” va “Yaşil jamoat parklari”ni taşkil etiş, saqlaş va rivojlantiriş tadbirlarini moliyalaştiriş mahalliy budjetlar qöşimça manbalari, homiylik va grant mablağlari hamda qonunçilikda taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan amalga oşirilişi aytilgan.

















