Odatda DXMlarda iş vaqti 9:00dan 18:00gaça bölsa-da, şu kunlarda markazlar “sönggi mijozgaça” rejimida işlamoqda, ya’ni haydovçilik guvohnomalari yarim keçasi ham almaştirib berilayotganiga guvoh böliş mumkin. Şunga qaramay, keçqurun ham uzun navbat şakllangan.
“Ertalab soat 7da kelib navbat olganmiz. Orada 2-3 marta işlarimizni ham bitirib keldik. Haliyam navbatimiz kelmadi. Navbatim 219, hozir 192ga keldi. Xodimlar yaxşi işlaşyapti, lekin şunça odam kutib ötiribdi. Bu uzun navbatning sababini bilmadim-u, lekin bu yerda bitta xodim xizmat körsatyapti. Şuni köpaytirişni taklif qilardim”, – deydi navbat kutayotganlardan biri.
“Haydovçilik guvohnomamni 2008 yilda olgandim. Muddati kelib qolgandi. Navbatimiz hozir keldi. Xodimlarga rahmat, soat 23:00ga yaqinlaşsa ham işlab ötirişibdi”, – deydi haydovçilardan yana biri.

Davlat xizmatlari agentligi Toşkent şahri boşqarmasi boş maslahatçisi Jaloliddin Xolmurodov markazlarda bunday uzun navbatlar şakllanişi sabablariga töxtaldi.
“Hozirda bitta tuman davlat xizmatlari markazida kuniga 250-300 dona haydovçilik guvohnomasini yangisiga almaştirişga muvaffaq bölyapmiz.
Vazirlar Mahkamasining tegişli qaroriga asosan 2010 yilgaça olingan haydovçilik guvohnomalarini 2022 yil 31 martiga qadar, 2010 yildan 2012 yillarda olinganlarini 2022 yil 30 iyunga qadar, 2013 yildan 2015 yilgaça olinganlarini 2022 yil 30 sentyabrga qadar, 2015 yildan keyin olinganlarini 2022 yil 31 dekabrga qadar yangisiga almaştiriş lozim.
Bunda fuqarolarga qulaylik yaratiş maqsadida markazlarda “sönggi mijozgaça” iş rejimi örnatilgan. Ya’ni kunduzi navbat olgan fuqarolarga navbat tugagunça yarim tun bölib ketsa ham xizmat körsatiladi.
Navbat uzunligi sababli fuqarolardan e’tirozlar kelib tuşyapti.
Vazirlar Mahkamasi qarorida 2010 yilgaça olingan haydovçilik guvohnomalarini 2022 yil 31 martiga qadar yangisiga almaştiriş belgilangan bölsa-da, fuqarolarimizda “31 martgaça almaştirmasam, guvohnomani almaştirişda qayta imtihon topşirar ekanman” degan notöğri tuşunça paydo bölgan. Bu esa markazlarimizda navbat oşib ketişiga sabab bölmoqda. Vaholanki, 2012 yoki 2013 yillarda olingan haydovçilik guvohnomalarini almaştirişga fuqarolarda hali muddatlari bor















