Jahon | 14:47 / 17.03.2022
9166
1 daqiqa o‘qiladi

Audi zavodlaridan biri butlovchi qismlar yetishmovchiligi sababli faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi

Qayd etilishicha, zavodga Ukrainadan olib kelinuvchi butlovchi qismlar yetishmayapti, bundan tashqari, pandemiya sababli logistikaning buzilishi va yarimo‘tkazgichlar yetishmovchiligi hali ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.

Foto: AP

Audi kompaniyasi yetkazib berish tizimidagi uzilishlar sababli Germaniyaning Nekkarzulm shahridagi zavodi ishini to‘xtatdi. Bu haqda zavod vakiliga tayanib Automotive News Europe xabar berdi.

Nashr suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, zavodga Ukrainadan olib kelinuvchi butlovchi qismlar yetishmayapti, bundan tashqari, pandemiya sababli logistikaning buzilishi va yarimo‘tkazgichlar yetishmovchiligi hali ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.

Mazkur korxonada Audi A6, A7, A4, A5 modellari ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Nekkarzulmdagi zavod dushanbadan buyon ishlamayapti. Bu 25 martgacha davom etishi kutilmoqda.

Mavzuga oid