Ma’lum qilinişiça, Sariosiyo tumanidagi Töpalang daryosi öng qirğoğidan bronzadan quyma uslubda yasalgan ot haykalçasi topilgan.

Surxondaryo viloyati turizm va madaniy meros boşqarmasi mas’ul kotibi Bekzod Öraqovning aytişiça ot haykalçasi  avvalroq aynan Mirzo Uluğbek davriga oid xazina çiqqan joydan topilgan.

Termiz arxeologiya muzeyiga topşirilgan ot haykalçasi mutaxassislar tomonidan çuqur örganilib, dastlabki xulosa berilgan.

Mutaxassislarning aniqlaşiça, 91,57 gramm oğirlikka ega bölgan bronzadan yasalgan ot haykalçasi Töpalang daryosi içida Mirzo Uluğbek davriga oid xazina bilan bir joydan topilgani uçun u ham XV asrga oid deb rasmiylaştirilgan.

Qayd etilişiça, kelgusida bu yerda olib boriladigan tadqiqot işlari mazkur topilma sanasini yanada oydinlaştiradi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Sariosiyo tumanidagi Töpalang daryosi öng qirğoğidan Mirzo Uluğbek davriga oid mingdan oşiq mis tangalardan iborat xazina topilgan. Söng öşa joy muhofazaga olinib, qidiruv işlari davom ettirilişi haqida xabar berilgandi.