Markaziy bank asosiy stavkani 17 foizga oshirdi. Boshqaruv yig‘ilishidan keyin MB raisi Mamarizo Nurmurodovning OAV yuborgan savollarga javoblari e’lon qilindi.

 Mamarizo Berdimurotovich, hozirgi geosiyosiy vaziyat O‘zbekiston iqtisodiyotiga qanday ta’sir ko‘rsatmoqda? Qaysi asosiy ta’sir kanallarini ajratib ko‘rsatgan bo‘lardingiz?

— Umuman olganda, o‘tgan 2021 yil jahon iqtisodiyoti va milliy iqtisodiyotimiz uchun ham pandemiyadan keyin tiklanish yili bo‘ldi. Oxirgi 15-20 kunda moliya bozorlarida va asosiy savdo hamkorlarimizda iqtisodiy vaziyat keskin o‘zgardi. Hozirgi qisqa muddatli beqarorliklardan kelib chiqib iqtisodiyotimiz haqida yakdil xulosa qilish to‘g‘ri bo‘lmaydi.

Mamlakatimizda 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan makroiqtisodiy va tarkibiy islohotlar borasidagi chora-tadbirlar belgilab olingan. Bu, o‘z navbatida, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda iqtisodiyotga tashqi shoklarning salbiy oqibatlarini yumshatish imkonini beradi. Albatta, tashqi shoklar joriy yilga belgilangan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Vaziyatning tez o‘zgaruvchanligini hisobga olgan holda, biz o‘z hisob-kitoblarimiz va prognozlarimizni aprel oyida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi Markaziy bank boshqaruv yig‘ilishi uchun qayta ko‘rib chiqamiz va e’lon qilamiz.

Men valuta kursi, savdo va moliyaviy kanallarni asosiy ta’sir kanallari sifatida ajratib ko‘rsatgan bo‘lardim. Asosiy savdo hamkorlarimiz milliy valutalarining qadrsizlanishi so‘mga qisqa muddatli devalvatsion bosimni yuzaga keltirmoqda. Jumladan, pul o‘tkazmalari hajmi AQSh dollari ekvivalentida kamaymoqda, aholi va tadbirkorlarda devalvatsion kutilmalar oshdi. Bunday bosim muqarrar, lekin o‘rta muddatli istiqbolda, inqirozning eng yuqori ta’sirli bosqichi o‘tganidan so‘ng, savdo hamkorlarning valuta kurslari o‘zining muvozanatli qiymatlariga yetadi va shunga mos ravishda so‘mning almashuv kursiga bosim o‘tkazishni to‘xtatadi.

Savdo kanali deganda O‘zbekiston import qiladigan neft, metallar, don mahsulotlari, o‘simlik yog‘i kabi qator xomashyo va oziq-ovqat mahsulotlarining jahon bozorlarida narxi oshishini nazarda tutyapman. Bundan tashqari, an’anaviy yuk tashish yo‘nalishlari murakkablashmoqda, bu esa yana import qilinadigan tovarlar narxining oshishiga olib kelishi mumkin.

Moliyaviy kanal – bu investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun jalb etilishi rejalashtirilgan kredit liniyalari ko‘rinishidagi moliyaviy resurslardir. Bo‘lib o‘tayotgan voqealar biz joylashgan hududimizning (mintaqamizning) investitsiyaviy jozibadorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun yangi manbalarni izlashga majbur bo‘lamiz va bu albatta belgilab olgan