Pensiyaga chiqarilgan shifokorlar o‘zini jamiyatga keraksiz his qilib, kasal bo‘lib qolishmoqda – Shavkat Mirziyoyev
Prezident birlamchi tizim qamrovini kengaytirish va yuklamani kamaytirish maqsadida, pensiyaga chiqarilgan shifokorlarning yakka tartibdagi oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritishiga ruxsat berilishini ma’lum qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
“E’tiboringizni bir jihatga qaratmoqchiman. Har yili 2 mingdan ziyod malakali shifokorlar pensiyaga chiqadi. Kelib tushgan murojaatlarda ularning 60 foizi o‘z faoliyatini davom ettirish istagini bildirgan. Ularning tajribasi juda katta, lekin biz ularni pensiyaga chiqarib yuborishga o‘rganib qolganmiz. Pensiyaga chiqarilgan shifokorlar jamiyatga keraksiz his qilib, o‘zlari ham kasal bo‘lib qolishmoqda.
Birlamchi tizim qamrovini kengaytirish va yuklamani kamaytirish maqsadida, biz endilikda bunday tajribali shifokorlarning yakka tartibdagi oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritishiga ruxsat beramiz.
Buning uchun:
- alohida klinika ochish talab etilmaydi, balki bu toifadagi shifokorlar o‘z uyida yoki ijaraga olingan binoda tibbiy xizmatlar ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi. Marhamat, bemalol ishlayverishsin;
- yakka tartibdagi oilaviy shifokorlarga, aholiǵa bepul ko‘rsatilayotgan xizmatlari uchun to‘lov bosqichma-bosqich Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi orqali beriladi.
Ushbu tajribani dastlab Sirdaryo viloyatida boshlaymiz. Keyinchalik zarur tayyorgarlikni ko‘rib, bosqichma-bosqich barcha hududlarda joriy etiladi”, – dedi davlat rahbari.
Tavsiya etamiz
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eronning Isroilga javobi: Tel-Avivda vayrongarchiliklar, yaralanganlar bor
Jahon | 07:43
-
Air Arabia O‘zbekistonga va yana to‘qqizta davlatga parvozlarni to‘xtatdi
Jahon | 00:25
-
Eron Isroilga ballistik raketalarni uchirdi
Jahon | 23:46 / 13.06.2025
-
O‘zbekiston G‘azoda urushni to‘xtatish haqidagi BMT rezolyutsiyasiga qo‘shildi
Jahon | 23:21 / 13.06.2025
Mavzuga oid

09:49 / 23.05.2025
Ayrim shifokorlarga qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi

10:46 / 22.05.2025
Ayrim shifokorlarning oylik lavozim maoshlari 20 foizga oshiriladi

13:10 / 13.05.2025
Kuvaytlik shifokorlar Qoraqalpog‘istonda jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazdi

15:23 / 07.05.2025