Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident: Qo‘l qo‘yish oson, qog‘oz hamma narsani ko‘taradi. Lekin uni bajarish-chi?
Ayni paytda Xalqaro forumlar saroyida prezident Shavkat Mirziyoyev Sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, davlat rahbari xususiy shifoxonalar faoliyatiga ham to‘xtaldi.
“Uchrashuvimizga xususiy shifoxonalar vakillarini ham taklif qilganmiz. Bir gapni ta’kidlayman – xususiy shifoxonalarni ham tibbiyotda bir oila deb qabul qilishimiz kerak. Men o‘zim joylarga borganimda davlat tibbiy maskanlari bilan birga xususiy shifoxonalarga ham kiraman. Ularda qanday farq bor deyilsa, hamma maosh yuqoriligini aytadi. Bugun maoshlar masalasiga ham to‘xtalamiz.
Bugun hammangizni bir savol o‘ylantiryapti – qani nima o‘zgararkan? Lekin bir narsani aytay, biz bir-birimizni tushunmasak, hech narsa bo‘lmaydi. Maqsad jonajon vatanimizni, aholimizni qiynayotgan muammolarni birgalikda yechish.
Ammo bu faqat qaror, farmonlar bilan hal bo‘lmaydi. Qo‘l qo‘yish oson, qog‘oz hamma narsani ko‘taradi. Lekin uni bajarish-chi? Bugungi muloqotda ham men sizlardan aynan pastdagi muammolar va ularning yechimi bo‘yicha takliflar kutyapman. Sizlarning yaxshi gaplaringiz bilan odamlarimiz dorisiz ham davolanib ketadi”, dedi prezident yig‘ilganlarga qarata.
Mavzuga oid

08:10 / 09.08.2025
O‘zbekiston va BAA talabalar hamda shifokorlar almashinuvini yo‘lga qo‘yadi

18:40 / 29.07.2025
Bloger Farhod Mannopovning o‘limiga olib kelgan operatsiyani amalga oshirgan shifokor sudda oqlandi

21:52 / 22.07.2025
Farg‘onada adashib bemorning sog‘lom oyog‘ini kesib tashlagan shifokor qamaldi

15:28 / 22.07.2025