Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, tadbir davomida Paxtachi tumanida yashovchi fuqarolar - 1994 yilda tug‘ilgan U.A. va 1994 yilda tug‘ilgan I.B.ning yashash xonadonlarida tarkibida sof oltin moddasi bo‘lgan taxminan 3 tonna ruda toshlar hamda boshqa ashyoviy dalillar (tosh tegirmoni - 2 ta, drobilka dvigateli, elektron tarozi, quritish moslamasi, «UAZ» avtomashinasi - 2 ta) mavjudligi aniqlanib, xolislar ishtirokida hujjatlar rasmiylashtirildi.
Ohak sexi faoliyati hamda rudalarni noqonuniy tarzda qayta ishlash natijasida jami 1 mlrd 260 mln so‘mdan ortiq tabiiy gaz mahsuloti talon-toroj qilingani aniqlangan.
Bundan oldin Paxtachi tumanida boshqa bir guruh shaxslarning tarkibida oltin bo‘lgan rudalarni noqonuniy tarzda qayta ishlash holatiga chek qo‘yilgandi.











