«Shifokorlarga ham 1000 dollar maosh beramiz, degandim. Mana, shu kunlar ham kelyapti» – Shavkat Mirziyoyev tibbiyot xodimlari maoshi oshirilishini bildirdi
Xalqaro forumlar saroyida sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazayotgan davlat rahbari maoshlar masalasiga ham to‘xtaldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
“Eng avvalo, sog‘liqni saqlash xodimlarini moddiy rag‘batlantirish yanada kuchaytiriladi. Bu masala yuzasidan, siz, hurmatli tibbiyot sohasi vakillari tomonidan 3 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan.
Lekin aslida ular 500 mingdan ziyod barcha tibbiyot xodimlarining taklif va istaklarini ifoda etadi, desak, haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Barchangizga ma’lum, budjet xodimlarining maoshini har yili oshirib boryapmiz.
Bu yil ham budjet tashkilotlari qatorida, tibbiyot xodimlarining oylik ish haqini ham, kamida 10 foizga oshirishni reja qilganmiz.
Bunga qo‘shimcha ravishda, soha vakillarining mashaqqatli mehnatini yanada rag‘batlantirish maqsadida, joriy yil 1 iyundan:
- tibbiyot xodimlarining oylik maoshi malaka toifasiga qarab, yana 15 foizgacha oshiriladi;
- yuqori texnologik murakkab operatsiyalarni bajargan shifokorlarga esa yana 25 foiz miqdorida ustama to‘lanadi.
Bundan tashqari, Tibbiyot xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armasiga yiliga 1,5 trillion so‘m ajratiladi. Ushbu mablag‘lar hisobidan:
- alohida natijaga erishgan, halol va vijdonan ishlayotgan shifokor va hamshiralarga 100 foizgacha oylik ustamalar ham belgilanadi;
- yangi ish boshlagan fidoyi yosh shifokorlarga 1 million so‘mgacha maxsus oylik ustama to‘lash tartibi joriy etiladi.
Sodda qilib tushuntiradigan bo‘lsam, misol uchun, hozirgi kunda oliy toifali shifokor 4 million so‘m maosh olsa, endi ish haqining oshishi va yangi ustamalar hisobiga, 8-9 million so‘mgacha maosh olishi mumkin bo‘ladi. Hamshiralar esa, hozirgi 1,5 million so‘m o‘rniga, toifasi va erishgan natijalariga qarab, 3-4 million so‘mgacha oylik olishi mumkin.
Esingizda bo‘lsa, men bir vaqtlar shifokorlarga ham 1000 dollar maosh beramiz, degandim. Mana, shu kunlar ham kelyapti”, – deya prezident so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Propiska mashmashasi, “sud-pud demaydigan” hokim va Rossiyaga nota - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 09:15
-
Erondagi cheklovlar sababli Dubay va Sharm ash-Shayxga aviareyslar jadvali o‘zgartirildi
O‘zbekiston | 08:39
-
Eron Isroilga yangi raketalar to‘lqinini uchirdi
Jahon | 07:41
-
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
Mavzuga oid

09:49 / 23.05.2025
Ayrim shifokorlarga qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi

10:46 / 22.05.2025
Ayrim shifokorlarning oylik lavozim maoshlari 20 foizga oshiriladi

13:10 / 13.05.2025
Kuvaytlik shifokorlar Qoraqalpog‘istonda jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazdi

15:23 / 07.05.2025