Hindistonlik savdogar ilk bor Özbekistonga tijorat yukini Pokiston va Afğoniston orqali tranzit qilib yubordi. 140 tonna yuk (asosan şakar) ortilgan maşinalar karvoni Kobuldan Toşkentga jönab ketgan. Bungaça yuk «Mumbay – Karaçi – Turxam» yönalişi böylab kelgan.
Yuk jönatilişi Hindiston tomonidan xususiy ravişda taşkil etilgan. Özbekiston va Pokiston örtasidagi tranzit savdosi töğrisidagi kelişuv uni amalga oşiriş imkonini beradi.
Nomi oşkor etilmagan Pokiston rasmiysining sözlariga köra, endi bu tranzit muntazam ravişda amalga oşiriladi va Özbekiston Pokiston portlari orqali istalgan davlatdan mahsulot olib kiriş imkoniyatiga ega böladi.
Uning qöşimça qilişiça, Tolibon hukumati savdo faoliyatini osonlaştirişi şart, çunki Afğoniston singari Özbekiston ham dengizga çiqiş imkoniyatiga ega emas va xalqaro savdo aloqalarini amalga oşiriş uçun Pokiston portlariga kiriş huquqiga ega.

















