Aholining murojaatlariga asosan, Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi huzuridagi Uy-joy fondi inspeksiyasi tomonidan qator uy-joy mulkdorlari şirkati faoliyati örganilgan. Natijada, 20 ta uy-joy mulkdorlari şirkati tomonidan 37 ta holatda 1,6 mlrd söm mablağ maqsadsiz sarflangani yoki talon-toroj qilinganligi aniqlandi. Bu haqda uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi xabar qilmoqda.
Qonunbuziliş holatlari eng köp kuzatilgan yönalişlar:
- 8 ta holatda quriliş-ta’mirlaş işlar hajmiga 451,8 mln söm qöşib yozilgan;
- 5 ta holatda 508,2 mln söm kredit mablaği maqsadsiz sarflangan yoki talon-toroj qilingan;
- 16 ta holatda mulkdorlardan yiğilgan 313,2 mln söm majburiy badal mablaği maqsadsiz işlatilgan yoki talon-toroj qilingan;
- 8 ta holatda 351,9 mln sömga teng boşqa huquqbuzarlik va kamçiliklarga yöl qöyilgan.
Rasmiy xabarga köra, holat yuzasidan tegişli hujjatlar rasmiylaştirilib, huquqni muhofaza qiliş organlariga taqdim etilgan.
















