Ukrainada front çiziği «amalda muzlagan». Bu haqda Ukraina prezidenti ofisi maslahatçisi Aleksey Arestoviç frontdagi vaziyat böyiça brifingda ma’lum qildi.
Arestoviçning sözlariga köra, tomonlarning heç birida «vaziyatni qaysidir tomonga jiddiy oğdiriş uçun kuç yetişmaydi».
«Şuning uçun tomonlar taktik harakatlar amalga oşirmoqda, zaxiralarini töplamoqda va bir-biriga zarbalar bermoqda, ammo biz yaxşiroq zarba beryapmiz», degan u.
Arestoviç Rossiya aviatsiyasi «amalda deyarli harakatlanmayotgani» va şaharlarga raketa zarbalari berilişi ham töxtab qolganini qayd etgan.
«Rossiya qömondonligi öz oldiga qöyilgan asosiy vazifani uddalay olmagan fazadan keyin qatağonlar fazasi boşlandi. Bizning maxsus xizmatlarimizdan FSB RF qurolli kuçlarida, boşqa tuzilmalarda, xususan, Rosgvardiyada aybdorlarni qidirişni boşlagani haqida köplab xabarlar kelib tuşmoqda», deydi Ukraina hukumati vakili.
Ukraina qurolli kuçlari Boş ştabi ham frontdagi vaziyat böyiça operativ ma’lumotlarini taqdim etdi:
- Rossiyalik harbiylar hujum qiliş salohiyatini yöqotgan, ularning harakati deyarli barça yönalişlarda töxtatilgan;
- Liviyalik «köngillilar»ni harbiy harakatlarda Rossiya tomonida turib urişiş uçun Ukrainaga jönatiş böyiça kelişuvga erişilgan;
- Lugansk va Donetsk oblastlari hududida Rossiya qurolli kuçlari safarbarlik ötkazmoqda;
- Kuban, Primore ölkasi, Yaroslavl oblasti va Ural federal okruglarida ham maxfiy safarbarlik ötkazilmoqda. Xizmatdan yoppasiga böyin tovlaş holatlari uçramoqda;
- Kiyevga yuriş vaqtida RF qurolli kuçlari 6-tank polkining birlaşgan otryadini yöqotgan;
- Rossiyalik propagandaçilar aholini uzoq davom etuvçi uruşga tayyorlamoqda.


















