Finlandiya bojxonachilari 21 yaxtani to‘xtatishgan, Helsingin Sanomat gazetasi yozishicha, ular rossiyalik biznesmenlarga yoki ularga aloqador kompaniyalarga tegishli bo‘lishi mumkin.
Agar fin hukumati yaxtalar Ukrainadagi urush tufayli sanksiyalarga uchragan rossiyaliklarga aloqador ekanini tasdiqlasa, bu mulklar muzlatiladi.
Shuningdek, Reuters ma’lumotiga ko‘ra, Gibraltarda rossiyalik milliarder, Truba-metallurgiya kompaniyasi (TMK) rahbari bo‘lgan Dmitriy Pumpyanskiyga tegishli bo‘lgan «Aksioma» yaxtasi xatlangani haqida xabar bergan.
- Avvalroq OAVda turli joylarda rossiyalik tadbirkorlar va amaldorlarga tegishli bo‘lgan elita yaxtalari xatlangani haqida bir necha xabarlar tarqalgandi. Jumladan, Finlandiyada RF sobiq bosh vaziri Dmitriy Medvedev foydalangan «Fotiniya» yaxtasi qo‘lga olingan. Ispaniya va Fransiyada «Kreschent» va «Amore Vero» yaxtalari qo‘lga olingan, ular «Rosneft» rahbari Igor Sechinga aloqador. Germaniyada esa milliarder Alisher Usmonovning «Dilbar» yaxtasi, Italiyada esa — milliarder Andrey Melnichenkoning «A» yaxtasi qo‘lga tushgan.











