Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Murod Majidov madaniyat vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi
Madaniyat vazirligi tarkibiy tuzilmasida yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik e’lon qilgan xabarda aytilgan.
Madaniyat vazirining o‘rinbosari Olim Mirzayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Murod Majidov tayinlandi.
Murod Majidov o‘z vaqtida «O‘zbeknavo» estrada birlashmasi bosh direktori o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 2017 yilda u Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalari axborot-tahlil departamenti, Madaniyat va san’at masalalari sektori bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimiga o‘tkazilgan.
2019-2020 yillarda «Kiberxavfsizlik markazi» davlat unitar korxonasi direktori o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Olim Mirzayev 2020 yilning oktyabr oyi oxirlarida madaniyat vazirining madaniyat muassasalari va havaskorlik san’atini rivojlantirish, raqamlashtirish, axborot texnologiyalari va ta’lim muassasalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangandi.
Ma’lumot uchun, amaldagi madaniyat vaziri Ozod Nazarbekovning hozirgi vaqtda uch nafar o‘rinbosari bor. Bahodir Ahmedov vazir birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan bo‘lsa, Umid Qo‘qonboyev va endilikda Murod Majidov o‘rinbosar lavozimida ishlayapti.
Mavzuga oid
21:54 / 21.04.2026
“Soliq to‘lamayman deyishga or qilish kerak” - madaniyat vaziri
20:28 / 12.01.2026
Antikorrupsiya agentligi hukumatdan Ozodbek Nazarbekovga chora ko‘rishni so‘radi
07:32 / 19.08.2025
Rossiyaning «Comedy Club» teleshousi O‘zbekistonda taqiqlangani ma’lum bo‘ldi
08:55 / 04.07.2025