Vazirlar Mahkamasining “Davlat ekologik nazoratini amalga oshirish hamda moddiy madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida zamonaviy mexanizmlarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Bosh prokuratura hamda Turizm vazirligi tomonidan atrof-muhitni va moddiy madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasida fuqarolarning ishtirokini ta’minlashga qaratilgan “Ekonazorat” va “Madaniy meros nazorati” axborot tizimlari ishlab chiqilgan.

Ekologiya qo‘mitasi:

  • ichki ishlar organlari jamoat xavfsizligi xizmati va Milliy gvardiyaning patrullikka jalb etilgan bo‘linmalari va Davlat ekologiya qo‘mitasi davlat inspektorlaridan iborat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo‘yicha “Ekologik patrul” ishlash tizimini joriy etish bo‘yicha qo‘shma tadbirlarni ishlab chiqadi;
  • 2022 yil 1 apreldan boshlab “Ekologik patrul” ishlash tizimini joriy etish orqali doimiy ravishda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi qonunchilik talablari ijrosi so‘zsiz ta’minlanishini nazorat qilishda o‘zaro yaqindan hamkorlikni o‘rnatadi hamda qo‘shma profilaktik tadbirlarni o‘tkazish amaliyotini yo‘lga qo‘yadi;
  • aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni shakllantirish (shu jumladan, ko‘cha, yo‘lkalar va turar joylarni ozoda saqlash) bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib boradi, davlat nazorati bilan bir qatorda jamoatchilik nazoratini kuchaytiradi;
  • Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimidagi mavjud avtotransport vositalarini maxsus tovush chiqaruvchi, yorituvchi uskunalar va ajratuvchi belgilari bilan jihozlash choralarini ko‘radi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Bosh prokuratura hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining:

  • axborot tizimlarini 2022 yil 1 apreldan boshlab ishga tushirish;
  • ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarlik holatlari (daraxtlar, butalar, boshqa o‘simliklar va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish holatlari bundan mustasno) bo‘yicha fotosurat va videoyozuvlarni yuborgan shaxslarni huquqbuzardan undirilgan jarima miqdorining o‘n besh foizi;
  • daraxtlar, butalar, boshqa o‘simliklar va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha holatlari to‘g‘risidagi fotosurat va videoyozuvlarni yuborgan shaxslarni har bir tasdiqlangan holat bo‘yicha huquqbuzardan undirilgan mablag‘lar hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravariga teng miqdordagi pul mukofoti bilan rag‘batlantirish;