Foydalaniş uçun qabul qiliş dalolatnomasiga Namangan viloyatining 16 ta mas’ul taşkilot vakillari imzo çekib, “Obod quriliş ta’mir servis” jamiyati obektda mukammal qayta quriş işlarini yaxşi holatda yakunlaganini tasdiqlagan.

Maktabga borganimizda binoning yoriq paydo bölgan birinçi qavatida quriliş işlarini olib borgan taşkilotning ellik nafarga yaqin işçilar guruhi jadallik bilan iş olib borayotganiga guvoh böldik. Bundan taşqari, binoning oldi yölaklariga “brusçatka” bosiş işlari ham ketayotgan edi.

Bino xona va yölaklaridagi yoriq joylar suvalib, berkitilibdi. Körinib turardiki, “mukammal” qurilib topşirilgan binoda işlar u darajada mukammal bölmagan edi, çoği.

Biz binoni qabul qilib olgan mutasaddilar, buyurtmaçi taşkilot – “Namangan viloyat hokimligining yagona buyurtmaçi injiniring kompaniyasi” mas’ullari, quruvçilar va maktab öqituvçilari bilan suhbatlaşdik.

Namangan viloyat xalq ta’limi boşqarmasi boşliği Rustamjon Isroilovning izohi quyidagiça böldi:

“360 örinli maktab binosi investitsiya dasturi asosida qurilgan, bundan taşqari qöşimça 80 örinli bino mukammal ta’mirlab berilgan. Biz qabul qilib olganimizda binoda birorta yorilgan joy yoki boşqa xato-kamçilikni körmagan edik. Barçasi çiroyli edi.