Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmatining xabar berişiça, içki işlar vazirining tegişli buyruqlari bilan viloyat IIB YHXB, Sirdaryo, Oqoltin, Sardoba va Xovos tumanlari IIBga yangi boşliqlar tayinlangan.

Jumladan:

  • Islomov Şarof Abdurahmonoviç Sirdaryo viloyati IIB JXX boşliğining örinbosari – Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlangan. Mazkur tayinlovgaça Ş.Islomov Sirdaryo viloyati IIB YHXB boşliği vazifasini vaqtinça bajaruvçi lavozimida işlab kelgan.
  • Şerqulov Jasurbek Mamatquloviç Sayxunobod tumani IIB boşliği etib tayinlangan. Mazkur tayinlovgaça J.Şerqulov Oqoltin tumani IIB boşliği vazifasida xizmat qilib kelgan.
  • Javlonov Xurşid Ergaşeviç Oqoltin tumani IIB boşliği lavozimiga tayinlangan. Mazkur tayinlovgaça X.Javlonov Sardoba tumani IIB boşliği lavozimida işlagan.
  • Podpolkovnik Abdullayev Oybek Turğunoviç — Xovos tumani IIB boşliği lavozimiga tayinlangan. Mazkur tayinlovgaça O.Abdullayev Sirdaryo tumani IIB boşliği lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
  • Podpolkovnik Soibov Jasur Yaşin öğli — Sirdaryo tumani IIB boşliği lavozimiga tayinlangan. Mazkur tayinlovgaça J.Soibov Sayxunobod tumani IIB boşliği lavozimida işlagan.

Avvalroq Samarqand va Jizzax viloyatlarining bir qator şahar va tumanlarida IIB boşliqlari özgargandi.