Viloyatda 2021-2022 yillar kuz-bahor oylarida jami 16 mln 356 ming dona köçat ekiş rejalaştirilgan. 2021 yilning kuzida, “Dolzarb 40 kunlik” doirasida 7,3 mln dona köçat ekilgan bölsa, 2022 yil bahor oylarida 6 mln 772 ming dona daraxt va buta köçatlari ekildi.

Foto: Qaşqadaryo viloyati hokimligi

Qarşi şahar hokimligi tomonidan 200 ming dona mevali va manzarali köçatlar hamda 1 millionga yaqin terak va tol novdalari olib kelinib, mahallalarga bepul yetkazib berildi. 

Bundan taşqari, “Yangi Özbekiston” boğlari, 37,8 gektar yaşil boğlar va 22 gektar yaşil jamoat parklari, bir turdagi daraxt köçatlari ekilgan 15 ta namunaviy köça taşkil etiş közda tutilgan.

Foto: Qaşqadaryo viloyati hokimligi
Foto: Qaşqadaryo viloyati hokimligi

“Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida bahor mavsumida daraxt va butalar, tol va teraklarni ekiş işlarini samarali taşkil etiş maqsadida joriy yilning 25 martidan 5 maygaça “Dolzarb 40 kunlik” e’lon qilindi.

Terak novdalarini mahallalarga ekişdan taşqari, joriy yilning bahor va kuz mavsumida 625 km umumiy foydalanişdagi avtomobil yöllari yoqalariga 25 mln dona terak qalamçalari ekildi.

Ekilgan har bir terak köçati va qalamçalarining parvariş qilinişi tizimli nazorat qilib boriladi. Jumladan, avtomobil yöli böylarida joylaşgan fermer (dehqon) xöjaliklari hamda jismoniy şaxslarga terak köçati va qalamçalar ekilgan maydonlar (1 yoki 2 km dan vaqtinça foydalanişga) 2 300 dan ortiq jismoniy şaxslarga hamda 400 dan köproq fermer (dehqon) xöjaliklariga beriladi.

Foto: Qaşqadaryo viloyati hokimligi
Foto: Qaşqadaryo viloyati hokimligi

Viloyat ekologiya boşqarmasi avtomobil yöli böylariga ekilgan manzarali daraxt va köçatlarni monitoring qilib, hisobi yuritilişini ta’minlaydi.