Xonqizliklar Rahmatilla aka tayyorlagan hasiplar qişloqning har bir xonadoniga kirib borganini ta’kidlaşdi.
Rahmatilla akaning öğillari qassobçilik bilan şuğullanişadi. U tayyorlagan hasiplarni qişloqdoşlariga bozordan köra arzon narhda sotar ekan.
«48 yildan beri ustaçilik, sartaroşlik qilib xalqning töy-u ma’rakalarida xizmat qilaman. Pensiyaga çiqqanimga 5 yil böldi. 65 yoşga kirdim. Farzandlarim uyda qöy va mol söyadi, söyilgan hayvon göştidan hasip tayyorlab xalqqa tarqataman.

Bozorda 1 kg hasip 45 ming bölsa, men qişloqdoşlarimga 25 ming sömdan tarqataman. Xalqqa harna yordam bölsin deb. Keça tayyorlangan hasipni bugun köçaga olib çiqib yarim soatga qolmay sotib tugatdim. Endi menga tuyoqqa buyurtma berişdi. Xaridorlarga mol tuyoğini pişirib, sellofan xaltaga solib, issiq holatda olib borib beraman.
Qişloqda qaysi xonadon buyurtma bergan bölsa, öşa xonadonga yetkazib beraman. Tuyoq tarkibida kaliy moddasi borligi uçun oyoq va bel oğriqlarga davo hisoblanadi.

Qon bosimi borlarning “davleniye”sini tuşiradi. Tuyoq va hasipni özim alohida qilib pişiraman. Qorin va öpkadan hasip, tuyoqni alohida pişiraman.
6 ta mahallaga olib borib sotaman. Har 5 kunda bir mahallaga oralayman. 25 kun ötib yana birinçi kirgan mahallamga kiraman. Ungaça “kliyentlarim” hasipni soğinişib qoladi.
Tuyoq donasi xomi bozorda 30 ming. Men pişirib tayyorlab 25 ming sömdan sotaman. Hasipning bir donasini taroziga qöysangiz, 7 ming sömga töğri keladi. Men esa aholiga 5 ming sömdan sotaman. Molni özimiz söyganimiz uçun ham arzon sotişga harakat qilaman.
Tuyoqni tozalab yuvib, bir kun turgaç çopib, qozonga solinadi. 8 soatdan keyin pişganida olib tarqataman.

Hasipda esa bir kun davomida qorin va öpkani tozalaymiz. U 5 soatda pişib yetiladi. Göştni çopib çiqib hasip tayyorlanadi. Undan keyin yana bir soat qozonda qaynaydi. Bir soatdan keyin olib sovitib ertasi kuni sotib kelaman», – deydi u.









