«Ortiqcha xavotirga hojat yo‘q» - Prezident valuta bozorini barqarorlashtirish borasidagi choralar haqida
Markaziy bank puxta o‘ylangan, og‘ir va vazmin valuta va monetar siyosatni olib borishni davom ettiradi.
Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash yuzasidan o‘tkazilayotgan videoselektorda davlat rahbari valuta bozorini barqarorlashtirish borasida ko‘rilayotgan choralarni qayd etdi.
Jumladan, valuta bozori va ayirboshlash kursi barqarorlashdi, birjada rubl va yuan bo‘yicha savdolar boshlandi.
«Bu borada xalqimizda ortiqcha xavotir yoki bezovtalik bo‘lmasligi kerak. Valuta bozorida keskin tebranishlarning oldini olish uchun zaxiralarimiz yetarli», dedi prezident.
Markaziy bankka puxta o‘ylangan, og‘ir va vazmin valuta va monetar siyosatni olib borishni davom ettirish topshirildi.
Markaziy bankning viloyatlardagi rahbarlari tadbirkorlar bilan har kuni uchrashib, ularga valuta bozoridagi vaziyatni, eksport-import hisob-kitoblarini amalga oshirish va yangi kredit mexanizmlarini tushuntirib boradi.
Xalqaro ekspertlar jahon iqtisodiyotidagi hozirgi murakkab vaziyat uzoq davom etishini prognoz qilishmoqda.
Masalan, so‘nggi bir oyda jahon bozorlarida bug‘doy narxi 36 foizga, shakar xomashyosi 10 foizga, o‘simlik yog‘i narxi 2 barobarga oshgan.
«Oyning boshida alohida komissiya tuzib, barcha xavf-xatarlarni hisob-kitob qilganimiz va eng dolzarb yo‘nalishlarda o‘z vaqtida tezkor choralarni ko‘rishni boshlaganimiz o‘z natijasini bera boshladi», deydi prezident.
Toshkent tovar-xomashyo birjasida chet el korxonalari bug‘doy, un, shakar, o‘simlik yog‘i kabi mahsulotlarni savdoga qo‘yishni boshladi. Bunga, temiryo‘lda tashishga ichki tariflar qo‘llanmoqda.
Bu ishlarning davomi sifatida bir hafta muddatda:
- xorijiy yirik ishlab chiqaruvchilar va ulgurji savdo tashkilotlarini Tovar-xomashyo birjasi savdolariga keng jalb qilish;
- temiryo‘l tariflari va tannarxning ichiga kirib, ularni yanada pasaytirish choralarini ko‘rish vazifasi qo‘yildi.
Mavzuga oid
15:58 / 16.12.2024
Iqtisodiy kompleksda 300 ga yaqin rahbar ishdan olindi - prezident
16:08 / 14.12.2024
“Bog‘cha to‘lovi qisman qoplanadi, uyda qarash xizmati yo‘lga qo‘yiladi” – videoselektordan va’dalar qanday?
13:18 / 13.08.2024
Soliq qo‘mitasi yirik korxonalarning mahalliy budjetga to‘lovlarini hisobga olish tartibini joriy qiladi
18:00 / 12.08.2024